Kutilmagan qarshilik: NATOda kim shvedlar va finlar kelishidan xursand emas?

© pixabay.com/WiR_PixsFlagi Finlyandii i Shvetsii
Flagi Finlyandii i Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi ovoz berish qarori naqadar qat’iy? Ehtimol, Erdog‘an shu bahona G‘arbdan o‘ziga kerakli shartlar uchun savdolashmoqchi?
Dmitriy Yermakov
Chorshanba kuni Finlyandiya va Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish haqidagi qarorini e’lon qildi. Elchilar allaqachon Bosh kotib Yens Stoltenbergga ariza topshirishgan. Biroq Turkiya bu tashabbusga to‘sqinlik qilishga va’da berdi. Lekin, Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlari ham skandinaviyaliklarni qo‘llab-quvvatlamadi. Qarshi tomonlar qanday talablarni ilgari surmoqda va ular muzokaralarni to‘xtata oladimi? Batafsil RIA Novosti materialida.

“Terrorizm inkubatori”

O‘z niyatlarini Xelsinki va Stokholm rasmiy hujjatlar topshirilishidan bir hafta oldin e’lon qilgan edi. Rajab Tayyip Erdog‘an tezda qarshilik bildirdi. Uni skandinaviya mamlakatlarida Kurdiston Ishchilar partiyasinin ko‘p soni vakillari joylashib olgani tashvishlantiradi. Turkiya, Yevropa Ittifoqi va AQSh ularni terroristik guruhlar deb hisoblaydi.
Dastlab, 13-may kuni Erdo‘g‘an shunchaki bu qarorga veto qo‘yishi mumkinligiga sha’ma qilgan edi. “Biz bu borada ijobiy fikr bildirmaymiz. Skandinaviya davlatlari - terrorchilik tashkilotlari uchun mehmonxona”, - deydi u.
Gap shundaki, NATOga kirish uchun barcha 30 ta a’zo mamlakatlarning roziligi kerak bo‘ladi. Shunday qilib alyansning har bil a’zosi kirishni to‘sib qo‘yishi mumkin.
Ertasi kuni Turkiya boshqacha o‘ynagandek bo‘ldi. Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Ibrohim Kalin mamlakat “eshikni yopmaganini” aytdi va alyansning potensial a’zolarini muzokaraga chaqirdi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Berlinda shved va fin hamkasblari bilan uchrashdi.
Aftidan, munosabatlar iliqlashayotgandek edi. Shvetsiya muloqot o‘rnatish uchun Anqaraga xabarchilar yubormoqchi edi. Ammo Erdog‘an kutilmaganda o‘z fikridan qaytdi: “Biz Turkiyaga qarshi sanksiya qo‘yganlarga “ha” deb javob bera olmaymiz. NATO - xavfsizlik tashkiloti. Finlyandiya va Shvetsiya delegatsiyalari tashrif buyurib ovora bo‘lmasin”.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, skandinaviyaliklar Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqadorlikda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, Shvetsiya parlamentida bu partiya tarafdorlari bor. Turkiya OAVlarining ta’kidlashicha, alyansga qo‘shilish uchun da’vogarlar Qurdiston Ishchi partiyasi (QIP) va “Xizmet” harakatining (FETO) o‘ttizdan ortiq a’zosini Anqaraga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lmagan. “Xizmet”ning rahbari 2016-yilda Turkiyadagi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan davlat to‘ntarishining tashkilotchisi deb e’lon qilingan yozuvchi va orator Fathulloh Gulendir. Erdo‘g‘on uni shaxsiy dushmani deb atagan.
“Shvetsiya - terrorchilik tashkilotlarining inkubatori”, - deydi Turkiya prezidenti.
Biroq, Anqara to‘siqlar qo‘ymay, balki savdolashayotganga o‘xshaydi. Bloomberg ga anonimlik sharti bilan uch nafar turkiyalik yuqori martabali mulozimning aytishicha, u alyansning o‘zaro qadamlariga javoban taslim bo‘lishga tayyor. Bu QIP masalasiga qo‘shimcha ravishda Turkiyaga qurol-yarog‘ eksportiga qo‘yilgan embargoning bekor qilinishi, shuningdek, “Triumf” zenit raketa tizimlarini sotib olish uchun sanksiyalarning bekor qilinishidir.
Turkiyaning Sabahgazetasining yozishicha, respublika Tashqi ishlar vazirligi yaqin orada Finlyandiya va Shvetsiyaga o‘nta shartdan iborat manifestni topshirmoqchi. Ularning barchasi QIPga tegishli. Biroq, talablar orasida Anqara mamlakatlari rezidentlarini ekstraditsiya qilish yo‘q. Umuman, ro‘yxat hali rasman e’lon qilinmagan.

Stokholm nyuanslari

Turkiya rahbarining so‘zlariga javoban kurd muhojirlari Stokholm ko‘chalaridan biriga QIPning ulkan bayrog‘ini osib, tutunli shashkalar yoqishdi. Shvetsiyada bu xalqning ko‘plab vakillari bor - taxminan yuz ming (Finlyandiyada - ozgina kamroq). Va chindan ham parlamentda QIPni qo‘llab-quvvatlovchi bir nafar deputat bor, u asli eronlik Amina Kakabave. Yoshligida u Islom Respublikasida terrorchi guruh deb tan olingan “Komala” guruhining a’zosi bo‘lgan.
Hozir Kakabava rasman kurd partiyalari a’zosi emas. Lekin u QIP va uning ittifoqchilari Shvetsiyadagi terror tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilishini istaydi. Sotsial-demokratlar o‘z veb-saytida shunday murojaat yozilgan hujjatni joylashtirgan. Shuningdek, murojaatda Kurdiston mustaqilligini tan olish zarurligi qayd etilgan.
Shvetsiyaning yuqori martabali mulozimlaridan birining Financial Times gazetasiga aytishicha, mamlakatda “kurd millatiga mansub deputatlar” ko‘p. Shuningdek, Stokholmda turk dissidentlarini o‘z atrofiga to‘plagan Stokholm ozodlik markazi (SCF) va Shimoliy monitoring tadqiqot tarmog‘i (NRMN) shtab-kvartirasi joylashgan.
Ammo, shved siyosatchilari orasida Erdo‘g‘onning tarafdorlari ham bor. Sentabr oyida asli turk bo‘lgan, rahbari Mikayil Yuksal bo‘lgan islomiy “Nyuans” partiyasi parlament saylovlarida ishtirok etadi. U 1970-yillarda Turkiyada yuzlab qotilliklarni uyushtirgan o‘ta o‘ng qanot tashkiloti “Kulrang bo‘rilar” (“Bozqurt”) bilan aloqador. 2016-yilgi isondan keyin “bo‘rilar” yomon ko‘rinishni to‘xtatdi - ko‘plab turk siyosatchilari o‘zlarining panturkistik qarashlarini yashirishmaydi. Bundan tashqari, Yuksal Shvetsiyada QIP vakillari bilan bir necha bor to‘qnash kelgan.
Kuzatuvchilarning fikricha, Anqara “Nyuans” orqali Yevropada, jumladan, sobiq Yugoslaviya hududida o‘z manfaatlarini lobbilashtirmoqchi. Shvetsiyada Bosniya va Gersegovina, Kosovo va Albaniyadan 100 mingga yaqin muhojir yashaydi. Yuksal partiyasi Bosniya va Gersegovina, shuningdek, Turkiyaning o‘zini YeIga qo‘shishni talab qilmoqda.

Bolqon vetosi

Bolqon masalasi Skandinaviya davlatlarining NATOga kirishiga boshqa qarshi taraflar tomonidan ham ko‘tarilgan. Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich alyansning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan sammitida agar uning ishtirokida muhokama bo‘lib o‘tsa, veto qo‘yish bilan tahdid qildi. To‘siq - Milanovichning so‘zlariga ko‘ra, Bosniya va Gersegovinadagi saylov qonunlari mamlakatda xorvatlarga yetarli huquqlar bermayapti. U “amerikaliklar, inglizlar va nemislar”ni bunda aybdor deb hisoblaydi.
Milanovich, shuningdek, Rossiya bilan qarama-qarshilikning kuchayishini qoraladi. Prezident Finlyandiyaning alyansga qo‘shilishi masalasini “xavfli tovlamachilik” deb atadi va mamlakat Sankt-Peterburgdan 50 kilometr (aslida 300) uzoqlikda joylashganiga e’tibor qaratdi. “NATOga a’zo bo‘lishsin, mayli g‘azablangan ayiqning ko‘ziga cho‘p tiqishsin”, - deydi u.
Bu so‘zlar Xorvatiyada janjal keltirib chiqardi. Bosh vazir Andrey Plenkovichning aytishicha, prezident “manipulyator va Rossiyaga xayrixoh qarashlarga ega shaxs”. Aprel oyining oxirida hukumat Milanovich bilan aloqani uzdi.
Xorvatiya - parlament respublikasi, shuning uchun prezident tashqi siyosatga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ammo Zoran Milanovich, agar u bu masala bo‘yicha alyans kengashida ishtirok etsa, NATOga yangi a’zolarni qabul qilish qarorini to‘sib qo‘yishga qodir. Nizomga ko‘ra, kengash elchilar bilan ham, davlat rahbarlari darajasida ham bo‘lishi mumkin.
Janubiy va Sharqiy Yevropaning boshqa davlatlari ham NATOning Ukraina mojarosiga aralashuvidan norozi. Gretsiyada Kiyevga qurol yetkazib berilishi, shuningdek, mamlakatda AQSh va NATO harbiy bazalarining mavjudligiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. TrainOSE temir yo‘llari kompaniyasi xodimlari og‘ir qurollarni Gretsiya portlariga olib o‘tishni boykot qilishdi. Xuddi shunday miting Bolgariyada ham bo‘lib o‘tdi. Unda konservativ “Vozrojdenie” partiyasi yetakchisi Kostadin Kostadinov hukumatni iste’foga chaqirdi.

Narx masalasi

Biroq, bu faqat fuqarolarning bir qismining kayfiyati. Eng yuqori darajada Erdog‘an va Milanovichdan boshqa hech kim Skandinaviya davlatlarining NATOga qabul qilinishiga qarshi chiqmadi. Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste Yletelekanaliga bergan intervusida Turkiyaning to‘sqinligiga shubha bilan qarashini aytdi.
“Alyans Finlyandiya va Shvetsiyaning a’zoligini rasmiylashtirish bo‘yicha tezkor qadamlarga umid qilmoqda”,- deydi NATO Bosh kotibi Stoltenberg elchilarni qabul qilish marosimida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShT sammitida ikki davlatning NATOga qabul qilinishi Moskva uchun xavf tug‘dirmasligini ta’kidladi. Ammo, davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya alyansning harbiy infratuzilmasini kengaytirishga javob qaytaradi.
Siyosatshunoslar bu pozitsiya Anqarada e’tiborga olinishini istisno etmaydilar: ular Rossiya yetakchi o‘yinchilardan biri bo‘lgan Qora dengiz va Zakarkazyeda xavfsiz savdo muhimligini anglaydi. “Bu qaysidir ma’noda Erdo‘g‘onning Moskva bilan munosabatlarni yomonlashtirmoqchi emasligini ko‘rsatadi”, — dedi IMEMO RAF katta ilmiy xodimi Viktor Nadein-Rayevskiy. Biroq, uning alohida ta’kidlashicha, Turkiya xalqaro maydonda doimo bir nechta maqsadlarni ko‘zlaydi.
“Minchenko konsalting” kommunikatsiya xoldingi prezidenti Yevgeniy Minchenko ham xuddi shunday fikrda. U Anqara va arizachilar o‘rtasidagi diplomatik vaziyatni turk bozoriga qiyoslaydi. "Agar sotuvchi ko‘p muzokara pozitsiyalariga ega bo‘lsa, unga nimanidir sotib olish osonroq bo‘ladi. Tovarning narxi va tanlovi o‘zgarishi mumkin, lekin agar ikkala tomon ham kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa, ular rozi bo‘lishadi”, - deydi siyosatshunos.
Ekspertga ko‘ra, kelasi yili saylovlarda Erdo‘g‘on o‘z reytingi haqida ham o‘ylayapti. Bahorda u dekabr oyidagi rekord darajadagi pasayish 39 foizga tushib ketganidan so‘ng biroz orqaga qaytgan edi –MetroPol tadqiqotiga ko‘ra, endi respondentlarning 43 foizi uni qo‘llab-quvvatlagan. Natija katta emas. Shuning uchun hozir Turkiya rahbari tashqi siyosat maydonida jiddiy muvaffaqiyatga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj.
Yangiliklar lentasi
0