https://oz.sputniknews-uz.com/20220519/ozbekiston-va-boshqirdiston-hamkorlikda-film-suratga-oladi-24672152.html
Oʻzbekiston va Boshqirdiston hamkorlikda film suratga oladi
Oʻzbekiston va Boshqirdiston hamkorlikda film suratga oladi
Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida oʻzbek kinosi kunlarini oʻtkaziladi. 19.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-19T19:45+0500
2022-05-19T19:45+0500
2022-05-19T19:45+0500
madaniyat
oʻzbekiston kinematografiya agentligi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/13/24672113_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_ea728711550179eaa7f52eb85d8c4fbf.jpg
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. “Oʻzbekfilm” kinokontserni va Boshqirdiston milliy kinostudiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 18 may kuni boʻlib oʻtgan Boshqirdiston bilan mintaqalararo hamkorlik forumi davomida “Oʻzbekfilm” kinokontserni direktori Bahodir Odilov va A.Abdrazakov nomidagi Boshqirdiston Milliy kinostudiya direktori Yunir Aminev oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.Unda hamkorlikda filmlar yaratish, Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida oʻzbek kinosi kunlarini oʻtkazish, hamkorlikda kinoloyihalar ishlash, shuningdek, Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish rejalashtirilgan.Maʼlumot uchun, Boshqirdiston kinostudiyasi 1990 yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kungacha kinostudiya tomonidan 100 dan ortiq turli janrdagi filmlar, 90 ga yaqin kinoxronika hikoyalari tayyorlangan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/13/24672113_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_7098ea3da0316e45d479d5941b2150b2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston kinematografiya agentligi
Oʻzbekiston va Boshqirdiston hamkorlikda film suratga oladi
Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida oʻzbek kinosi kunlarini oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. “Oʻzbekfilm” kinokontserni va Boshqirdiston milliy kinostudiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi
xabar berdi. 18 may kuni boʻlib oʻtgan Boshqirdiston bilan mintaqalararo hamkorlik forumi davomida “Oʻzbekfilm” kinokontserni direktori Bahodir Odilov va A.Abdrazakov nomidagi Boshqirdiston Milliy kinostudiya direktori Yunir Aminev oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unda hamkorlikda filmlar yaratish, Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida oʻzbek kinosi kunlarini oʻtkazish, hamkorlikda kinoloyihalar ishlash, shuningdek, Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish rejalashtirilgan.
“Kinematografiya sohasidagi saʼy-harakatlarimizni birlashtirib, xalqlarimiz oʻrtasidagi bogʻliqlikni, tarixiy oʻtmishimiz va istiqbolli kelajagimizni kino orqali koʻrsatmoqchimiz. Uchrashuvda oʻzbek kinoijodkorlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan qator loyihalar muhokama qilindi. Umid qilamizki, hamkorligimiz har ikki respublika kinematografiyasi rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, - deydi Boshqirdiston kinostudiyasi direktori Yunir Aminev.
Maʼlumot uchun, Boshqirdiston kinostudiyasi 1990 yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kungacha kinostudiya tomonidan 100 dan ortiq turli janrdagi filmlar, 90 ga yaqin kinoxronika hikoyalari tayyorlangan.