Rishton kulolchilik mahsulotlari Yekaterinburgga eksport qilinadi
Rishton kulolchilik mahsulotlari Yekaterinburgga eksport qilinadi
Rishtonda kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi. Fargʻonalik tadbirkor bu yil kulolchilik mahsulotlarini Yekaterinburgga eksport qiladi. 19.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Fargʻona viloyati Rishton tumanida kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi.Kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi Rishton tumani Navoiy mahallasida joylashgan sobiq “Badiiy kulolchilik zavodi” negizida tashkil etilgan.Ixtisoslashgan sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 75,8 milliard soʻm boʻlgan 37 ta chinni va keramika buyumlari ishlab chiqarish va bezak berish korxonasi tashkil etildi, 7200 dan ziyod ish oʻrni yaratildi.Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar berishicha, zonada fargʻonalik tadbirkor “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi yirik kulolchilik kooperatsiyasini tashkil etgan va Rossiyaning Yekaterinburg shahriga mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha 5 mln. dollarlik eksport shartnomasini imzolagan.Endilikda bunday ixtisoslashgan sanoat zonalari tumanning Toʻda, Dahbed, Dehqonobod va boshqa mahallalarida ham tashkil etilmoqda.Hozirda Italiyaning Deruta hamda Turkiyaning Iznik shaharlari bilan Rishton tumani oʻrtasida joriy yilda xalqaro hamkorlik aloqalari ham oʻrnatildi.
Rishtonda kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi. Fargʻonalik tadbirkor bu yil kulolchilik mahsulotlarini Yekaterinburgga eksport qiladi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Fargʻona viloyati Rishton tumanida kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ish boshladi.
Kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi Rishton tumani Navoiy mahallasida joylashgan sobiq “Badiiy kulolchilik zavodi” negizida tashkil etilgan.
Ixtisoslashgan sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 75,8 milliard soʻm boʻlgan 37 ta chinni va keramika buyumlari ishlab chiqarish va bezak berish korxonasi tashkil etildi, 7200 dan ziyod ish oʻrni yaratildi.
Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar berishicha, zonada fargʻonalik tadbirkor “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi yirik kulolchilik kooperatsiyasini tashkil etgan va Rossiyaning Yekaterinburg shahriga mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha 5 mln. dollarlik eksport shartnomasini imzolagan.