Dunyoda

Rossiyadan Yaponiyaga import keskin oshdi

© Sputnik / Natalia SeliverstovaVid na gorod Tokio
Vid na gorod Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yaponiya Moliya vazirligi: aprel oyida Rossiyaga eksport 69,3 foizga kamaydi, import 67,3 foizga oshdi
TOSHKENT, 19 may – Sputnik. Yaponiya Moliya vazirligining xabar berishicha, aprel oyida Rossiyadan Yaponiyaga importi hajmi 67,3 foizga oshgan. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.
Mutlaq koʻrsatkichlarda bu 187,1 milliard iyena yoki 1,45 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunday oʻsishga energiya tashuvchilar narxi oshishi yordam berdi.
Ikkinchi tomondan Yaponiyaning Rossiyaga eksporti aprel oyida 69,3 % kamayib 23,77 milliard iyen yoki 184,2 mln. dollarni tashkil etgan.
Shuningdek,yu Yaponiyaning tashqi savdo balansida – defitsit paydo boʻlgan: -839 milliard iyen (yoki 6,5 milliard dollar)ga yetdi
Yaponiya vazirligi xabariga koʻra, aprel oyida Yaponiyaga 1979 yildan kuzatilgan oylik importning rekord darajasi qayd etilgan - 8,92 trillion iyen (69,1 milliard dollar). Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28,2 foiz oʻsish degani. Oʻz oʻrnida eksport ham 1979 yildan buyon kuzatilgan ikkinchi yuqori natijani koʻrsatgan + 12,5 foiz, 8,76 trillion iyen yoki 67,9 milliard dollar.
.
Yangiliklar lentasi
0