Avstraliya va Kanadada bir necha kishida ilk bor Maymunchechak kasalligi aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishObezyani v Moskovskom zooparke
Obezyani v Moskovskom zooparke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, Peru va Ispaniyada maymunchechak kasalligiga chalinish holatlari aniqlandi. Shifokorlar aytishiga ko‘ra, kasallik, odatda yengil kechadi va bir necha hafta ichida tuzalib ketadi
TOShKENT, 20-may - Sputnik. Avstraliyada va Kanadada Yevropadan qaytgan sayyohlarda maymunchechak infeksiyasining dastlabki holatlari tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Avstraliyaning “Yangi Janubiy Uels sog‘liqni saqlash departamenti yaqinda Yevropadan qaytgan sayyohda maymunchechak bilan kasallanish ehtimoli borligini aniqladi”, deyiladi Yangi Janubiy Uels shtati rasmiy saytida.
Ta’kidlanishicha, biz Yevropa safaridan qaytganidan bir necha kun o‘tib shifoxonaga borgan qirq yoshli erkak haqida ketmoqda.
Kanadada maymunchechakning birinchi holatlari Kvebek provinsiyasida aniqlangan.
"Bugun kechqurun (payshanba) Kvebek provinsiyasi Milliy mikrobiologiya laboratoriyasi tomonidan qabul qilingan ikkita namunada maymunchechak uchun sinov natijasi ijobiy bo‘lgani haqida xabar berildi. Bu Kanadada tasdiqlangan birinchi ikkita holatdir", deyiladi Kanada hukumati veb-saytida.
Maymunchechakka chalinganlardan biri - mamlakatga kelgan AQSh fuqarosidir.
Peruda maymunchechak kasalligi bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
Avvalroq Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash agentligi mamlakatda maymunchechak bilan kasallanganlarning umumiy soni to‘qqiz kishiga yetgani haqida xabar bergan edi.
Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy hukumatlar Madridda maymun chechak bilan kasallangan sakkizta holat aniqlanganidan so‘ng sanitariya ogohlantirishini joriy qildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV. Shvetsiyadan tashqari kasallikning birinchi holati payshanba kuni Italiyada ham aniqlangan.
Maymunchechak kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamdan odamga yuqishi mumkin. Odatda kasallik yengil kechadi va bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zi kishilarida asorati qioladi.
Maymunchechakning dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoq kiradi. Terida toshma paydo bo‘lishi mumkin, u ko‘pincha yuzdan boshlanadi va keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladi. Toshma kasallik davomida turli bosqichlardan o‘tadi va oxirida qo‘tirga aylanadi va tushadi.
Yangiliklar lentasi
0