Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Baland devorlar va tikanli sim: “Azovstal”da taslim bo‘lganlar qayerda?

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishProdoljayetsya vixod plennix ukrainskix boyevikov s "Azovstali"
Prodoljayetsya vixod plennix ukrainskix boyevikov s Azovstali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina doimiy armiyasi askarlari nochor ahvolda taslim bo‘lgan bo‘lsa, "Azov" millatchilari yaxshi yeb ichib kun kechirgani ko‘rinib turibdi. Lekin Rossiyada nazorati ostida barcha asirlarga munosabat bir hil - Jeneva konvensiyasiga asosan.
"Azovstal"da qamalga tushgan Ukraina harbiylari va millatchi "Azov" polki jangarilari ommaviy taslim bo‘lishda davom etmoqda. Yaradorlar shifoxonalarga, qolganlari Yelenovka yaqinidagi axloq tuzatish koloniyasiga yuborilmoqda.
Yaqinda lagerga Xalqaro Qizil Xoch vakillari va Kiyevning muzokaralar delegatsiyasi va jurnalistlar tashrif buyurdi. Millatchilar qanday sharoitlarda saqlanayotgani haqida batafsil RIA Novosti reportajida.

Turli ta’minot va turlicha ko‘rinish

Azovstal garnizoni taslim bo‘lganining ikkinchi kunida 600 dan ortiq odam zavodni tark etdi. Bu bir kun oldin taslim bo‘lgan guruh bilan farq juda katta. Dushanba kuni chiqqan ukrainaliklarning ko‘rinishi juda nochor edi: ular ozib ketgan, nochir kiyingan ko‘cha darbadarlariga o‘xshasa, seshanba chiqqanlar - butunlay boshqacha: ular toza kiyingan, yaxshi ovqatlangan va to‘yib uxlagani yuzlaridan bilinib turardi.
© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSdacha v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s "Azovstali" v Mariupole
Sdacha v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s Azovstali v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Sdacha v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s "Azovstali" v Mariupole
Ular rossiyalik va donesklik harbiylarga ko‘z ostidan qarab, nigohi to‘qnash kelganda darhol ko‘zini olib qochishadi. Gap shundaki, dastlab chiqqanlar asosan armiyasi askarlari bo‘lsa. Seshanba kuni chiqqanlarning aksariyati “Azov” millatchi polkining jangarilari. Tekshiruv guruhi ularning rukzaklarida boshqa narsalar qatorida, ko‘plab konservalarni topmoqda.
“Azovstal” ning turli bunkerlarida oziq-ovqat bilan ta’minlashda farq katta, - deb tushuntiradi muzokaralarda ishtirok etgan DXR rahbari maslahatchisi Igor Kimakovskiy. - “Qayerdadir konserva, toza ichimlik suvi va dori-darmonlar zaxiralari bor edi. Boshqa joyda esa (ukraina harbiylari) har bir askarga 150 grammdan bo‘tqa va bir bo‘lak sala olishgan xolos. Suvni esa markaziy isitish quvurlaridan olishgan”.
Mahbuslar avtobuslarga joylashtirishdan oldin sinchiklab tekshiriladi. Qurol, kaska va bronjiletlar yuk mashinasining kuzoviga qo‘yiladi. Ukraina harbiylaridan biri avtomatni topshirishdan oldin uning stvol korobkasini o‘pib qo‘ydi.

Otishmalar ostidagi inspeksiya

Yaradorlar shifoxonalarga, qolganlar Yelenovkadagi koloniyaga yetkazilyapti. Chorshanba kuni shifoxona va koloniyaga ham Xalqaro Qizil Xoch (XQX) delegatsiyasi va ukrainalik muzokarachi vakillar tashrif buyurdi. Novoazovskdan to‘shakda yotgan mahbuslarning bir qismi bir kun avval Doneskning Petrovskiy tumanidagi 15-shahar klinik kasalxonasiga yetkazilgan va bu kasalxona muntazam o‘qqa tutilgan.
Inspeksiya bu yerga kelganida, go‘yo buyurtma bo‘yicha, kanonada boshlanadi. Har ikki tomondan minomotlar va gaubitsalar gumburlaydi, “Grad” reaktiv snaradlari shitirlaydi, chiqib ketayotgan raketalar o‘rnini gumburlab kelayotgan qiruvchilar egallaydi. Chet elliklar ehtiyotkorlik bilan atrofga qarab, bino ichiga yashirinishga shoshilishadi.
© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishUkrainskie plennie s "Azovstali" proxodat lechenie v bolnitse Novoazovska
Ukrainskie plennie s Azovstali proxodat lechenie v bolnitse Novoazovska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Ukrainskie plennie s "Azovstali" proxodat lechenie v bolnitse Novoazovska
Delegatsiya kasalxona bo‘ylab aylanib chiqdi. Ukraina tomonidan Oliy Radaning IX chaqiriq xalq deputati Aleksandr Kovalov ishtirok etmoqda. U doneskliklar hurmat bilan gapiradigan kam sonli Ukraina rasmiylaridan biri. Afsonaviy 345-havo-desant polkida xizmat qilgan afg‘on urushi faxriysi. “Bizdan boshqa hech kim” faxriylar tashkilotiga rahbarlik qiladi.
Kovalov va XQX xodimlari navbatma-navbat kameralarga kirib, mahbuslar bilan muloqot qilishdi. Yaradorlarning ko‘rinishi dushanba kuniga qaraganda ancha yaxshilangan. O‘shanda ular tirik o‘liklarga o‘xshardilar, lekin hozir ancha tetik. Rangpar yuzlar va qo‘rqqan nigohlar yo‘q. Yurtdoshi bilan muloqot qilisharkan, hatto tabassum qilib qo‘yishadi.

Shifokorlar siyosatdan tashqarida

Kovalov yaxshi munosabatda bo‘lishaptimi deb ulardan so‘radi. Yaradorlar bir ovozdan: ovqatlantirishapti, urishmaydilar, masxara qilmaydilar, o‘z vaqtida yaralarni bog‘lab qo‘yishadi, dori-darmonlarni ayashmaydi deydi. XQX delegatlari xuddi shularni eshitishadi. Askarlar esa: “Azovstalni boshqalar tark etishdimi? degan bitta savol berishadi Ularga jarayon davom etapti deb javob berishadi.
Rossiya va Donesk harbiylari Ukraina harbiylariga karaganda, harbiy asirlar bilan muomala qilish bo‘yicha Jeneva konvensiyasiga qat’iy rioya qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlarning ukrainaliklarni davolashdan bosh tortishgani va ommaviy ravishda o‘z xohishlari bilan ishdan bo‘shatish uchun ariza berishlarini yozishgan. DXR rasmiylari buni rad etdi.
© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSdacha v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s "Azovstali" v Mariupole
Sdacha v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s Azovstali v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Sdacha v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s "Azovstali" v Mariupole
“Shifokorlar siyosatdan tashqarida- deydi DXR Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi.- Biz tibbiy yordam kerak bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘rsatamiz. Do‘st yoki dushman ekanligi ahamiyatsiz. Bizning kasbimiz shunday.
Asirlar olib kelinganda juda yomon ahvolda, jarohatlari kuchayib ketgan edi. Darhol barchasining jarohatlarini bog‘lab qo‘yishdi, har birini mutaxassislar tekshiruvdan o‘tkazdi.Doneskda suv bilan vaziyat yomon ekanligiga qaramay, biz bemorlar toza va sarishta saqlanayotganiga amin bo‘ldik. Biz buni kuzatib boramiz. Chunki gigiyena- davolanishning eng muhim shartlaridan biri”

Hech qanday mojarolarsiz

Yelenovkaga yo‘l oldik. Ochiq maydondagi harbiy asirlar lageri yaqinida DXR armiyasining askarlari joylashgan - kamida ikkita rota. Bu yerda qurolini tashlagan dushmanni himoya qilishga jiddiy e’tibor qaratishadi. Jangchilar chodir-yomg‘irpo‘shlarga o‘ranib olishgan – Donesk va uning atrofida erta tongdan yomg‘ir yog‘apti.
Olti metr balandlikda beton devor. Perimetr bo‘ylab - tikanli simlar, burchaklarida - projektorli minoralar. Muassasa rahbari mehmonlarga qattiqo‘llik bilan munosabatda bo‘ladi, ammo adolatli: hech qanday istisnosiz hujjatlarni diqqat bilan, sinchiklab tekshiradi. "Qizil xochl"ning oq yoping‘ichi bu yerda katta ahamiyat kasb etmaydi. Xonaga uchtadan kiritishadi. Hamma ichkariga yig‘ilgach, guruh baraklardan biriga olib ketiladi.
© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPunkt vremennogo soderjaniya ukrainskix voyennoplennix na Xarkovskom napravlenii
Punkt vremennogo soderjaniya ukrainskix voyennoplennix na Xarkovskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Punkt vremennogo soderjaniya ukrainskix voyennoplennix na Xarkovskom napravlenii
Bu yerda kamida 800 nafar harbiy asir bor. Delegatsiya tashrifidan oldin yuzga yaqin odam ko‘chaga chiqarilib, uch qatorga tiziladi. XQX xodimlari ularni so‘roq qiladi. Va yana: yaxshi munosabatda bo‘lishayotgani, kuniga uch marta ovqat berishayotgani, urishmayotgani va masxara qilishmayotgani haqida javob olishadi.
“Hech qanday mojaroli vaziyatlar bo‘lmagan. Ular bizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, - deydi barak boshlig‘i, “Azov” polki starshinasi. - Tibbiy yordam ko‘rsatishapti. Nima so‘rasak, berishapti. Bunday joy uchun sharoitlar ancha yaxshi. Ma’muriyat tomonidan hech qanday jismoniy kuch ishlatilmagan. Buni qandaydir bosim ostida emas, balki oshkora aytapman. Bir kunda uch mahal ovqat berishadi. Bugun makaronli sho‘rva berishdi, juda mazali chiqibdi. Kechgi ovqatga arpadan tayyorlangan bo‘tqa berishdi. Hech nimadan shikoyat qilmaymiz, bizga yaxshi munosabatda bo‘lishadi.
Oxirida ayol harbiy asirlar yoniga kiramiz. Ular erkaklardan alohida, qamoqxona kamerasida joylashgan. Xonada havo yaxshi, joylar yetarli. Zarur bo‘lgan barcha gigiyenik vositalar bor.
Rossiya Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Mariupolda 1730 nafar harbiy xizmatchi taslim bo‘lgan, ulardan 771 nafari Azov millatchilari bo‘linmasi jangarilaridir.
© Sputnik / Russian Defence Ministry / Mediabankka o‘tishUkrainskie voyennie s "Azovstali" v Mariupole, sdavshiyesya v plen
Ukrainskie voyennie s Azovstali v Mariupole, sdavshiyesya v plen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Ukrainskie voyennie s "Azovstali" v Mariupole, sdavshiyesya v plen
Yangiliklar lentasi
0