Dunyoda

Bizni har kun oʻqqa tutishadi - Pervomaysk shahar meri. Video

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishPosledstviya obstrela goroda Yasinovataya v DNR
Posledstviya obstrela goroda Yasinovataya v DNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Lugansk Xalq Respublikasida joylashgan Pervomaysk shahri meri va aholisi Ukraina qurollangan toʻdalari tomonidan har kuni oʻqqa tutilayotgani haqida aytib berdi.
Mana bu koʻrib turganiningiz, Pervomaysk shahrida joylashgan bolalar maydonchasi. Uning qoq oʻrtasiga kecha ukrainalik “jazolash otryadlari” tomonidan otilgan snaryad kelib tushdi. Uning yonida jamoat ovqatlanish joyi va koʻp xonadonli uylar joylashgan. Bu uda birorta ham butun oyna qolmagan. Uyda yashovchilar ijtimoiy tarmoqda oyna siniqlaridan yarador boʻlganining suratlarini joylashtirishgan edi.
Shahar aholisi uchun oʻqqa tutilish odatiy holga aylangan. Aksariyat kunning ikkinchi yarmida uyga yoki biror yashirinish joyiga yaqinroq boʻlish kerakligini yaxshi bilishadi. Shu sababli ham bu yerga snaryad kelib tushganda hech kim boʻlmagan. Lekin kecha oʻz uyi yaqinida boʻlganlardan 3 kishi yaralangan. Umuman oʻqqa tutish boshlanganidan buyon Pervomaysk shaharning 32 nafar aholisi yaralangan.
Yaralangan erkak shahar har kuni oʻqqa tutilayotgani haqida aytib berdi.
Yangiliklar lentasi
0