Jamiyat

Chevrolet Traversening yangilangan modeli sotuvga chiqdi

© Press-slujba UzAuto MotorsChevrolet Traverse 2022
Chevrolet Traverse 2022 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avtomobil eng ilgʻor texnologiyalar bilan yangilandi. U kuchli dvigatel va yetti oʻrindiqli salon bilan oldingilaridan farq qiladi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekistonda Chevrolet Traverse 2022 yangilangan modeli sotuvga chiqarildi. Bu haqda Uzauto Motors xabar berdi.
Aytilishicha, avtomobil eng ilgʻor texnologiyalar bilan yangilandi. Model kuchli dvigatel va yetti oʻrindiqli salon bilan oldingilaridan farq qiladi.

“Avtomobil rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kolonkadan iborat premium “Bose”dinamikli multimedia tizimiga ega. Yoʻlovchi avtomobilning xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari tufayli safarda oʻzini yanada ishonchli va erkin his qiladi”, deyiladi xabarda.

Yangilangan “Chevrolet Traverse”ni UzAuto Motorsning Toshkent viloyati Nurafshon shahri, poytaxtning Zangiota va Serili tumanlaridagi rasmiy dilerlaridan olish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq yangilangan “Chevrolet Traverse” narxlari maʼlum qilingandi. Modelning boshlangʻich komplektatsiyasi 408 009 595 soʻmdan, Premier AT MY22 komplektatsiya 563 130 435 soʻm etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0