Iqtisod

Chorvoq dam olish maskanlarida bir necha obʼyektlar savdoga chiqarildi

© Sputnik / Anna JelixovskayaOtdыxayuщiye na Charvakskom vodoxraniliщe
Otdыxayuщiye na Charvakskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hududlarning yangi egalari zamonaviy turistik infratuzilma obʼyektlarini yaratishi kerak. Ular uchun alohida imtiyozlar bor.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. “Chorvoq” dam olish zonasidagi bir qancha obʼyektlar e-auksion.uz elektron platformasi orqali sotuvga qoʻyildi.
Onlayn savdo 26 may kuni boʻlib oʻtadi. Lotlar roʻyxati qoʻyidagicha:
Rangli metallar instituti dam olish zonasidagi binolar – boshlangʻich bahosi 4,5 milliard soʻm;
Tibbiyot akademiyasining sobiq dam olish zonasi – 3,6 mlrdsoʻm;
Pediatrlar uchun sobiq dam olish zonasi – 5,7 mlrd soʻm;
Maishiy chiqindilar poligonining sobiq maydoni – 2,6 mlrd soʻm;
Boʻsh turgan bino – 1 mlrd soʻm;
Hududlarning yangi egalaridan bu yerda zamonaviy turistik infratuzilma obʼyektlarini qurish talab etiladi.
Avvalroq, Turizm va madaniy meros vazirligi “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasiga sarmoya kiritgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar taqdim etilishi haqida maʼlum qilgandi.
Sarmoyadorlar investitsiya hajmiga qarab – mol-mulk, suv va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi. Yangi mehmonxona qurish va jihozlash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar dor (osma) yoʻllari, “banji-jamping”, “ziplayn” attraktsionlari va boshqalar uchun uskunalar olib kirilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0