https://oz.sputniknews-uz.com/20220520/dam-olish-kunlari-qanday-ob-havo-kuzatiladi---ozgidromet-24691493.html
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi - Oʻzgidromet
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi - Oʻzgidromet
20-23 may kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi va shamolning kuchayishi kuzatilishi mumkin. 20.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-20T15:06+0500
2022-05-20T15:06+0500
2022-05-20T15:06+0500
jamiyat
ob-havo
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/07/06/19556456_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_54744499fd7328c650a15b4eb5874a9b.jpg
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi 20-23 maykunlari respublika boʻyicha yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi va shamolning kuchayishi haqida ogohlantirdi. 20 may kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida va Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon konvektiv bulutlar rivojlanishida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Kunduzi havo harorati 27-32 daraja boʻladi.21 may kuni esa respublika hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida harorat 27-32 daraja atrofida boʻlgan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.Yakshanba kuni nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi respublikamizning barcha hududlariga tarqaladi. Koʻpchilik viloyatlarda jala yomgʻirlar yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa ertalab yomgʻir toʻxtaydi. Havo harorati kunduz kuni 18-23 darajagacha pasayadi, bu meʼyordan 4-6 darajaga pastdir.20-22 mayda respublika boʻyicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va choʻl hududlarida, 22 mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.23 may, dushanba kuni respublikaning deyarli barcha hududlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.Kechasi va ertalab havo harorati sezilarli darajada pasayadi va 10-13 daraja atrofida boʻladi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 23-28 darajagacha isitadi.20-23 mayda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/07/06/19556456_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_fb59bf0b9af36da177867138be01a4e7.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ob-havo, oʻzbekiston
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi - Oʻzgidromet
20-23 may kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi va shamolning kuchayishi kuzatilishi mumkin.
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi 20-23 maykunlari respublika boʻyicha yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi va shamolning kuchayishi haqida
ogohlantirdi. 20 may kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida va Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon konvektiv bulutlar rivojlanishida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Kunduzi havo harorati 27-32 daraja boʻladi.
21 may kuni esa respublika hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida harorat 27-32 daraja atrofida boʻlgan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi respublikamizning barcha hududlariga tarqaladi. Koʻpchilik viloyatlarda jala yomgʻirlar yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa ertalab yomgʻir toʻxtaydi. Havo harorati kunduz kuni 18-23 darajagacha pasayadi, bu meʼyordan 4-6 darajaga pastdir.
20-22 mayda respublika boʻyicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va choʻl hududlarida, 22 mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.
23 may, dushanba kuni respublikaning deyarli barcha hududlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Kechasi va ertalab havo harorati sezilarli darajada pasayadi va 10-13 daraja atrofida boʻladi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 23-28 darajagacha isitadi.
20-23 mayda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.