Elektrobuslarga chiqish faqat old eshikdan bo‘ladi - video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElektrobusi
Elektrobusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Elektrobuslarga maxsus validator va qurilma o‘rnatildi. U orqali chiqayotgan yo‘lovchi yo‘l haqi to‘laydi va salonga kiradi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkentda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi elektrobuslarga chiqish old eshigidan, tushish - o‘rta va orqa eshiklardan amalga oshiriladi. Bu haqida "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.
"Avtobus (elektrobus) saloniga uning old eshigidan haydovchining yonida o‘rnatilgan maxsus validator va qurilma orqali yo‘l haqi uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng kirishingizni hamda avtobus (elektrobus) dan tushayotganingizda orqa eshiklardan foydalanishingizni so‘raymiz.
Ushbu qoida yo‘lovchilarimizga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilmoqda", - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0