Jamiyat

Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha komissiya tuzildi

© MIAUAkmal Saidov
Akmal Saidov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Komissiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi.
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qoʻshma majlisida maʼlum qilindi.
Komissiyaning tarkibiga jamiyatning turli qatlamlaridan, xususan, deputatlar, senatorlar, barcha hududlardan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos, siyosatshunos va boshqa ekspertlar kiritildi.
Taʼkidlanishicha, Konstitutsiyaviy komissiya oʻz faoliyatini “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan gʻoya asosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda olib borishi, keng jamoatchilik vakillari hamda xalqning taklif va fikrlari asosida shakllantirishi lozim.
Majlisda komissiyaga oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni olish borasida vazifalar qoʻyildi.
KomissiyagaOliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov rahbarlik qiladi. Unga Alisher Qodirov, Aktam Hayitov, Qutbiddin Burhonov, Murod Kamolov oʻrinbosar boʻldi. Depuatt Odiljon Tojiyev komissiya Matbuot xizmati rahbari etib tasdiqlandi.
Avvalroq, Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Oʻzbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritishga kelishib olgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 6 noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida toʻxtalgan edi. Keyin davlat rahbari 8 dekabr kuni xalqqa Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi munosabati yoʻllagan tabrigida taklif etilayotgan oʻzgartirishlarni sanab oʻtgan edi.
Yangiliklar lentasi
0