O‘zbekiston ayollar futbol turniriga mezbonlik qiladi

© Ofitsialniy sayt Aziatskoy konfederatsii futbolaUzbekistan primet chempionat Azii po futbolu sredi jenshin
Uzbekistan primet chempionat Azii po futbolu sredi jenshin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Turnir 20-26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Hindiston, Eron va Iordaniyaning jamoalari to‘p suradi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining G‘arbiy mintaqa uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ayollar klublari o‘rtasidagi turnirga mezbonlik qiladigan davlatlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, G‘arbiy mintaqadagi klublar o‘rtasidagi turnir O‘zbekiston maydonlarida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
“Ushbu uchrashuvlar 20-26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston, Hindiston, Eron va Iordaniyaning jamoalari ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Sharqdagi turnirda Tailand, Taypey va Manma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
Ikki zona g‘oliblari o‘rtasidagi final o‘yini oktabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0