https://sputniknews-uz.com/20220520/ozbekistonda-ilk-bor-evro-6-sifatli-dizel-yoqilgisi-ishlab-chiqarildi-24692225.html
Oʻzbekistonda ilk bor “Yevro-6” sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi
Oʻzbekistonda ilk bor “Yevro-6” sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 1150 tonna “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilgʻisini ishlab chiqarildi. 20.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-20T15:56+0500
2022-05-20T15:56+0500
2022-05-20T15:56+0500
iqtisod
neft
dizel
buxoro nqiz
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/14/24692317_0:58:3437:1991_1920x0_80_0_0_e81f08073ced95bb784b6240f318dd2e.jpg
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” yuqori sifatli dizel yonilgʻisi ishlab chiqarildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” xabar berdi. “Oʻzbekneftgaz” AJ Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori sifatli ekologik toza boʻlgan dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish ishlarini yoʻlga qoʻydi.Zavodda “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilgʻisini ishlab chiqarish muvaffaqiyatli davom ettirildi. Natijada 1150 tonna dizel ishlab chiqarilishga erishildi. Yonilgʻi birja savdolariga ham chiqarildi.Maʼlumot uchun, “Yevro-6” rusumidagi dizel yonilgʻisi ichki yonuv dvigatellarini atrof muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan. Uning tarkibida politiklik aromatik uglevodorodlar massa miqdori 4,0 % dan koʻp boʻlmaydi. Oltingugurt massa miqdori 5 mg/kg (ppm)ni tashkil etadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/14/24692317_353:0:3084:2048_1920x0_80_0_0_361430345357d45a9171bb6501be730a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
neft, dizel, buxoro nqiz
Oʻzbekistonda ilk bor “Yevro-6” sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 1150 tonna “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilgʻisini ishlab chiqarildi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” yuqori sifatli dizel yonilgʻisi ishlab chiqarildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz”
xabar berdi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori sifatli ekologik toza boʻlgan dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish ishlarini yoʻlga qoʻydi.
“Zavod mutaxassislari tomonidan gazoylni gidrotozalash qurilmasidagi reaktorning ish tartibi uchun eng yaxshi texnologik variantlarni tanlash yoʻli orqali jarayonni optimallashtirish boʻyicha ishlar bajarildi. Bu esa yuqori ekologik toifadagi dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishni oʻzlashtirish imkonini berdi”, deyiladi xabarda.
Zavodda “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilgʻisini ishlab chiqarish muvaffaqiyatli davom ettirildi. Natijada 1150 tonna dizel ishlab chiqarilishga erishildi. Yonilgʻi birja savdolariga ham chiqarildi.
Maʼlumot uchun, “Yevro-6” rusumidagi dizel yonilgʻisi ichki yonuv dvigatellarini atrof muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan. Uning tarkibida politiklik aromatik uglevodorodlar massa miqdori 4,0 % dan koʻp boʻlmaydi. Oltingugurt massa miqdori 5 mg/kg (ppm)ni tashkil etadi.