Iqtisod

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zahiralari oshdi

© SS0 / Unsplash / Jingming PanZolotыe slitki, illyustrativnoye foto
Zolotыe slitki, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro yalpi zaxiralari joriy yilning 1 may holatiga koʻra, 35 mlrd 900,8 mln dollarni tashkil etdi. Bu aprel oyiga nisbatan 745,3 mln dollarga koʻp. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldigʻi 11,1 mln troya unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 20,8 mlrd dollardan 21,3 mlrd dollarga oshgan.
Maʼlumot uchun, mamlakatning yalpi xalqaro zaxirasi 1 aprel holatiga koʻra, 35,155 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Xalqaro zaxiralar tarkibiga - xorijiy valyuta mablagʻlari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni oʻz ichiga oladi.
Xalqaro zahiralar mamlakat uchun juda muhim, chunki ular noqulay tashqi zarbalar paytida yordam beradi. Oʻzbekistonning hozirgi zahiralar 20 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetadi.
Yangiliklar lentasi
0