Dunyoda

Rossiya oʻz zarariga oziq-ovqat eksport qilmaydi - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZampred Sovbeza RF D. Medvedev provel zasedaniye Mejvedomstvennoy komissii Soveta Bezopasnosti RF po voprosam sovershenstvovaniya gosudarstvennoy migratsionnoy politiki
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev provel zasedaniye Mejvedomstvennoy komissii Soveta Bezopasnosti RF po voprosam sovershenstvovaniya gosudarstvennoy migratsionnoy politiki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir tomondan bizga qarshi aqldan ozgan sanktsiyalar qoʻllanilmoqda, ikkinchi tomondan esa - bizdan oziq-ovqat yetkazib berishni talab qilishmoqda. Bu mantiqqa zid - Medvedev.
TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Rossiya oʻz ichki bozoriga zarar yetkazadigan bugʻdoy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilmaydi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Rossiya oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishga tayyor, lekin biz savdo hamkorlarimizdan ham birdamlikni kutmoqdamiz, jumladan, xalqaro platformalarda ham. Aks holda, bu mantiqqa toʻgʻri kelmaydi: bir tomondan bizga qarshi aqldan ozgan sanktsiyalar qoʻllanilmoqda, ikkinchi tomondan esa - bizdan oziq-ovqat yetkazib berishni talab qilishmoqda. Biz ham axmoq emasmiz”, — deb yozdi Medvedev oʻz telegram-kanalida.

U Rossiya fuqarolari uchun oziq-ovqat "muqaddas masala" ekanligini qoʻshimcha qildi va oʻz bozoriga zarar etkazadigan eksport yetkazib berish kutilmasligini yana bir bor taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Gʻarb davlatlari Moskvaga nisbatan rekord darajada sanktsiyalar kiritdi. Cheklovchi choralar asosan bank sektori, yuqori texnologiyali mahsulotlar sohasiga qarshi kiritildi. Shu bilan birga, yetkazib berish zanjirlarining uzilishi tufayli Yevropa va AQShda don mahsulotlari narxining keskin oshishi sodir boʻldi. Mart oyida Chikagodagi birjada bugʻdoy narxi deyarli 14 yil ichida maksimal darajaga koʻtarildi va makkajoʻxori esa - soʻnggi 9 yil ichida qayd etilgan eng yuqori narxga koʻtarildi.
Yangiliklar lentasi
0