Sport

Toshkentda SHHT Sport vazirlari yigʻilishi boshlandi

© MID UzbekistanaVstrecha ministrov sporta stran SHOS v Tashkente
Vstrecha ministrov sporta stran SHOS v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sport vazirlari uchrashuvi yakunlari boʻyicha Protokol imzolanishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar sport vazirlari yigʻilishi oʻz ishini boshladi. Tadbirda SHHT Bosh kotibi Chjan Min ham ishtirok etmoqda.
Yigʻilishda bugungi kun sharoitida sportni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, sport anjomlari, kiyim-kechak va texnikalarini birgalikda ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, kun tartibida SHHTga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi 2022-2024 yillarga moʻljallangan kelishuvni amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasini tasdiqlash koʻzda tutilgan.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Protokol imzolanishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda SHHT rahbarlari sammiti Oʻzbekistonda, Samarqandda sentyabr oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Sammit doirasida SHHT davlatlari orasida sport, madaniyat, turizm, iqtisod va boshqa qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
© MID UzbekistanaVstrecha ministrov sporta stran SHOS v Tashkente
Vstrecha ministrov sporta stran SHOS v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Vstrecha ministrov sporta stran SHOS v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0