https://oz.sputniknews-uz.com/20220521/aqshning-ozbekistonda-yangi-elchi-nomzodini-elon-qilindi-24706236.html
AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomzodi eʼlon qilindi
AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomzodi eʼlon qilindi
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Prezident Jo Bayden 20 may kuni AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomzodini eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda OʻzA, AQSH OAViga asosan. 21.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-21T12:39+0500
2022-05-21T12:39+0500
2022-05-21T12:41+0500
siyosat
oʻzbekiston
aqsh
elchi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/15/24706326_2:0:1024:575_1920x0_80_0_0_193f87c506480f77badb204f4d8fef87.jpg
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Prezident Jo Bayden 20 may kuni AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomzodini eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda OʻzA, AQSH OAViga asosan. Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdigʻidan oʻtishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Jonatan Henik (Jonathan Henick) - Kolumbiya universitetida xalqaro aloqalar boʻyicha magistrlik darajasiga va Gavaya universitetidan Phd darajasiga ega. U AQSH Tashqi ishlar vazirligida 20 yildan buyon ishlaydi. Henik Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari va jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha direktor vazifalarida ishlab kelgan. Jonatan Henik, AQShning Ozarbayjon, Turkiya, Portugaliya va Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarida ham xizmat qilgan. Asli Nyu-Yorkdan boʻlgan Henik rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/15/24706326_136:0:903:575_1920x0_80_0_0_6ec1d81f3d6225eee220d2a11d41f5de.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, aqsh, elchi
AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomzodi eʼlon qilindi
12:39 21.05.2022 (yangilandi: 12:41 21.05.2022) TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Prezident Jo Bayden 20 may kuni AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomzodini eʼlon qildi, deb
xabar qilmoqda OʻzA, AQSH OAViga asosan.
"AQSH rahbari Jo Bayden mamlakatning Oʻzbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini koʻrsatdi", - deyilgan xabarda.
Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdigʻidan oʻtishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi.
Jonatan Henik (Jonathan Henick) - Kolumbiya universitetida xalqaro aloqalar boʻyicha magistrlik darajasiga va Gavaya universitetidan Phd darajasiga ega. U AQSH Tashqi ishlar vazirligida 20 yildan buyon ishlaydi. Henik Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari va jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha direktor vazifalarida ishlab kelgan.
Jonatan Henik, AQShning Ozarbayjon, Turkiya, Portugaliya va Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarida ham
xizmat qilgan. Asli Nyu-Yorkdan boʻlgan Henik rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.