Budjet tashkilotlari xodimlari maoshi oshirildi

© Depositphotos.com / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab Budjet tashkilotlari xodimlari maoshi hamda bazaviy hisoblash miqdori oshirildi.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. O‘zbekistonda barcha budjet tashkilotlari ishchi xodimlarining maoshlari 2022-yilning 1-iyunidan boshlab 12%ga oshiriladi. Bu haqida prezidentning 20-may kuni imzolangan farmonida aytib o‘tilgan.
1.
2022 yil 1-iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12 foizga oshirilsin.
2.
2022 yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 300 000 so‘m etib belgilansin.

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplansin, - deyilgan farmon matnida.

Shuningdek prezident farmonida ish beruvchilarga maoshlar miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minla tavsiya etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022-yilning 1-may sanasidan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirilgan edi. BHMning bugungi kunda amal qilayotgan miqdori 270 ming so‘mni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0