Kuchli shamol Xorazm va Navoiyda uylarning tomini uchirdi - FVV

© MChSMChS pokazalo posledstviya silnogo vetra
MChS pokazalo posledstviya silnogo vetra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududida 21 - 23-may kunlari kuchli shamol ehtimoli saqlanib qolishi tufayli FVV ushbu tabiat hodisasi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida aholini ogohlantirdi.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xorazm va Navoiyda kuchli shamol oqibatlari haqida ma’lum qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 21-may kuni soat 10:45da Urganch shahar Abulg‘ozi-Baxodirxon ko‘chasidagi uyning tahminan 70 m2 maydonda tom yopma qoplamasini shamol uchirib, uyning orqa tomonidagi avtoturargoxgatushirgan. Hodisa oqibatida "Gentra" avtomobili qisman zararlangan.
Urganch tumani "G‘alaba" MFYdagi xususiy uyning tahminan 80 m2 maydonda uyini shifer qoplamasi shamol oqibatida uchib yerga kulab tushgan. Voqea joyida tan jaroxati olganlar yo‘q.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida "Do‘stlik" MFYda joylashgan uyning taxminan 5 m.kv, "Yo‘lchilar" MFYda 2 ta xonadonlarning taxminan 4 kv.m dan tom qismi shifer va tunikalarini uchirgan. Aholi tan jarohati olishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmat markazi tomonidan 20 - 23-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududlarida shamol tezligi sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi Shuningdek, ba’zi joylarda bu changli bo‘ronlarni ko‘tarishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar berilgan.
FVV 21 - 23-may kunlari O‘zbekiston hududi kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel va toshqinlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar keltirib chiqarishi mumkinligi to‘g‘risida aholini ogohlantirdi.
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi - O‘zgidromet
Ma’lumot uchun, biroz oldin FVV kuchli shamol vaqtida turli baxtsiz hodislardan saqlanish to‘g‘risida yo‘riqnoma tarqatan edi.
FVVning kuchli shamol vaqtidagi tavsiyalari:
yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
Shuningdek, kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0