Rossiyaga kirish ta’qiqlangan 963 nafar Amerikaliklarning "qora ro‘yxati" e’lon qilindi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaVid na Moskovskiy Kreml
Vid na Moskovskiy Kreml - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga kirishi taqiqlangan 963 nafar Amerika rasmiylarining qora ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Jo Bayden, Kamala Xarris va boshqalar bor.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Moskva javob chora sifatida, AQShning 963 nafar fuqarosiga Rossiyaga kirishini doimiy taqiqladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi. TIV saytida endi Rossiyaga kira olmaydigan fuqarolarning to‘liq ro‘yxati bor.
"Qo‘shma Shtatlar tomonidan doimiy ravishda qo‘llanilayotgan sanksiyalarga va bizni fuqarolarni stop-ro‘yxatga kiritish uchun jo‘natilayotgan so‘rovlar munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga kirishi doimiy ravishda taqiqlangan Amerika fuqarolari ro‘yxatini e’lon qiladi", - deyilgan vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu cheklovlar faqatgina "javob chorasi" ekanini hamda ular oddiy amerikaliklarga qarshi qaratilmaganini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Bayonotda aytilishiga ko‘ra, Rossiya qarshi sanksiyalari faqat butun dunyoda qandaydir "qoidalarga asoslangan" neokolonial tizim o‘rnatishga urinayotgan AQSh boshqaruv sinfiga qarshi qaratilgan va ularni yangi geosiyosiy voqelikni tan olishiga va o‘z xulqini o‘zgartirishiga undashni maqsad qilgan.
Rossiya qarama-qarshilikka intilmaydi va o‘zaro hurmatga asoslangan halol muloqot uchun har doim ochiq. Biz Amerika xalqiga hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz. Rusofobiya qo‘zg‘atishga urinayotgan AQSh rasmiylari va ularga xizmat qilayotganlar esa ushbu "qora ro‘yxatga" kiritilgan, - deyiladi TIV bayonotida.
"Qora ro‘yxat"ga 15-martdan beri Rossiyaning “stop ro‘yxati”ga kiritilgan siyosatchilar, amaldorlar, shuningdek, AQShning ba’zi yuqori lavozimli amaldorlari kiritlgan. Ular orasida AQSh prezidenti Jo Bayden, davlat kotibi Entoni Blinken, mudofaa vaziri Lloyd Ostin va shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milleylar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, Rossiya o‘z diplomatlarini misli ko‘rilmagan haydab chiqarishga duch keldi: uch oydan kamroq vaqt ichida bir necha yuz kishi. Bundan tashqari, ko‘plab rossiyalik amaldorlar va siyosatchilarga nisbatan AQSh va boshqa G‘arb davlatlariga kirishni taqiqlovchi shaxsiy sanksiyalar qo‘llanildi.
Shu bilan birga, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml G‘arb davlatlarining bunday harakatlaridan afsusda, chunki bu misli ko‘rilmagan qiyin sharoitda muloqot qilish imkoniyatlarini toraytiradi.
Yangiliklar lentasi
0