Ukraina Odessa portida Turkiyaning 21 ta kemasini toʻsib qoʻydi – OAV
Ukraina Odessa portida Turkiyaning 21 ta kemasini toʻsib qoʻydi – OAV
Ukraina Odessa portidagi Turkiya kemalaridan tirik qalqon sifatida foydalanmoqchi. Undan tashqari u Rossiya va Turkiya oʻrtasila nizo chiqarishni istaydi - OAV. 21.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-21T16:15+0500
2022-05-21T16:15+0500
2022-05-21T16:26+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Ukraina Odessa portida Turkiyaning 21 ta kemasini toʻsib qoʻydi (blokladi), Kiyev ulardan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda, deb xabar berdi Turkiyaning Aydınlık gazetasi. RIA Novosti xabariga asosan.Maqolada qayd etilishicha, Kiyev Rossiya tomoni ushbu vaziyatda operatsiya oʻtkazishga qaror qilsa va turk kemalariga zarba bersa, Moskva va Anqara oʻrtasida keskinlik yuzaga keladi, deb hisoblaydi.Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda NATOga yangi aʼzolar qabul qilish, jarayoni ketmoqda. Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qoʻshilish uchun bergan arizasini Turkiya bloklab qoʻygan. Prezident Tayyip Erdogʻan aytishiga koʻra, ushbu skandinaviya davlatlari bir necha yillardan buyon Turkiya hukumatiga qarshi kurashayotgan qator terrorchi tashkilotlarga boshpana berib ularning yonini olib kelmoqda.
Ukraina Odessa portidagi Turkiya kemalaridan tirik qalqon sifatida foydalanmoqchi. Undan tashqari u Rossiya va Turkiya oʻrtasila nizo chiqarishni istaydi - OAV.
TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Ukraina Odessa portida Turkiyaning 21 ta kemasini toʻsib qoʻydi (blokladi), Kiyev ulardan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda, deb xabar berdi Turkiyaning Aydınlık gazetasi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz olgan maʼlumotlarga koʻra, Odessa portidan chiqishiga ruxsat berilmagan kemalarning 21 tasi Turkiyaga tegishli. Ukraina tomoni "xavf" bahonasida, dengizda qolgan minalarga ishora qilib, bu kemalarning ketishini istamayapti.Rossiya xavfsizlik koridorini ochdi, biroq bular "haliyam chiqarmayapti". Bu yerda asosiy maqsad boshqa, agar chet el kemalari chiqib ketsa, ukrainaliklar aniq nishonga aylanadi va Odessa tez orada taslim boʻladi. Shu sababdan ular chet el kemalarini, jumladan 21 ta (Turkiya) kemalarini chiqarmayapti”, — deb yozadi gazeta.
Maqolada qayd etilishicha, Kiyev Rossiya tomoni ushbu vaziyatda operatsiya oʻtkazishga qaror qilsa va turk kemalariga zarba bersa, Moskva va Anqara oʻrtasida keskinlik yuzaga keladi, deb hisoblaydi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda NATOga yangi aʼzolar qabul qilish, jarayoni ketmoqda. Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qoʻshilish uchun bergan arizasini Turkiya bloklab qoʻygan. Prezident Tayyip Erdogʻan aytishiga koʻra, ushbu skandinaviya davlatlari bir necha yillardan buyon Turkiya hukumatiga qarshi kurashayotgan qator terrorchi tashkilotlarga boshpana berib ularning yonini olib kelmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq boʻldi.