https://oz.sputniknews-uz.com/20220522/buxoroga-jahon-hunarmandlar-shahri-maqomi-berildi-24722749.html
Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi
Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi
Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi.
2022-05-22T11:55+0500
2022-05-22T11:55+0500
2022-05-22T11:55+0500
madaniyat
buxoro
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1000/97/10009715_0:172:1651:1101_1920x0_80_0_0_e96b7da9120bca81298fe6b9a173889a.jpg
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi. Bu haqda Buxoro shahri hokimi Jamol Nosirov maʼlum qildi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.Nosirovning soʻzlariga koʻra, shaharda Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik anjumani doirasida kashtachilik sanʼati festivali ham oʻtkazilmoqda. Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbirning shahrimizda oʻtkazilishi bejiz emas.Buxoro qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatining turli yoʻnalishlari, ayniqsa, zardoʻzlik va zargarlik, kashtachilik sanʼati rivoj topgan.“Usta-shogird” anʼanasi orqali hunarmandlarning oilaviy sulolalari avloddan-avlodga kasb sirlarini yetkazib kelmoqda. Ayni paytda Buxoroda hunarmandchilik anʼanalari yanada izchil rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 800 nafar hunarmand va ularning 5 mingga yaqin shogirdi faoliyat yuritmoqda.21 may kuni Buxoro shahrida birinchi Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali anjuman ishtirokchilarining bayramona yurishi bilan boshlandi.25 mayga qadar davom etadigan festivalda respublikamizning barcha viloyatlaridan 288 nafar hunarmand ishtirok etmoqda. Ulardan 110 nafari zargar, 37 nafari zardoʻzlik ustasi, 44 nafari kashtachi, 97 nafari hunarmandchilikning boshqa yoʻnalishlari vakillaridir.Festivalga dunyoning 58 davlatidan ishtirokchilar tashrif buyurgan. Forum davomida 112 nafar xorijlik hunarmand oʻz mahoratini koʻrgazmali tarzda namoyish etadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1000/97/10009715_114:0:1582:1101_1920x0_80_0_0_d30370db8f7fe6977e1916f3c4009f15.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
buxoro
Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi
Shaharda Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik anjumani doirasida kashtachilik sanʼati festivali ham oʻtkazilmoqda.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi. Bu haqda Buxoro shahri hokimi Jamol Nosirov maʼlum qildi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.
Nosirovning soʻzlariga koʻra, shaharda Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik anjumani doirasida kashtachilik sanʼati festivali ham oʻtkazilmoqda. Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbirning shahrimizda oʻtkazilishi bejiz emas.
Buxoro qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatining turli yoʻnalishlari, ayniqsa, zardoʻzlik va zargarlik, kashtachilik sanʼati rivoj topgan.
“Usta-shogird” anʼanasi orqali hunarmandlarning oilaviy sulolalari avloddan-avlodga kasb sirlarini yetkazib kelmoqda. Ayni paytda Buxoroda hunarmandchilik anʼanalari yanada izchil rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 800 nafar hunarmand va ularning 5 mingga yaqin shogirdi faoliyat yuritmoqda.
“Xususan, ipak gilamdoʻzligi, kulolchilik, zardoʻzlik va zargarlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kabi koʻplab hunarmandchilik turlari ravnaq topmoqda. Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilgani quvonarlidir”, - dedi hokim “Dunyo” AA bilan suhbatda.
21 may kuni Buxoro shahrida birinchi Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali anjuman ishtirokchilarining bayramona yurishi bilan boshlandi.
25 mayga qadar davom etadigan festivalda respublikamizning barcha viloyatlaridan 288 nafar hunarmand ishtirok etmoqda. Ulardan 110 nafari zargar, 37 nafari zardoʻzlik ustasi, 44 nafari kashtachi, 97 nafari hunarmandchilikning boshqa yoʻnalishlari vakillaridir.
Festivalga dunyoning 58 davlatidan ishtirokchilar tashrif buyurgan. Forum davomida 112 nafar xorijlik hunarmand oʻz mahoratini koʻrgazmali tarzda namoyish etadi.