https://oz.sputniknews-uz.com/20220522/namanganning-qator-hududlariga-sel-keldi--video-24728619.html
Namanganning qator hududlariga sel keldi – video
Namanganning qator hududlariga sel keldi – video
Namangan viloyati FVB Kosonsoyga sel kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi. 22.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-22T16:55+0500
2022-05-22T16:55+0500
2022-05-22T16:55+0500
jamiyat
sel
namangan viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/16/24728545_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_ed905b76a5de55070beb7187af1fe92f.jpg
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga 22 may kuni sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Xabarda yozilishicha, shu kuni viloyatda yoqqan yomgʻir oqibatida Kosonsoy tumanidagi Kosonsoy soyiga yomgʻirdan toʻplangan suvlar kelgan. Bundan hududdagi aholi yashash xonadonlari, ekin maydonlari hamda boshqalarga zarar yetmagan.“Hozirda viloyatdagi soylar toʻliq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfining oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati FVB kunu tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.Shuningdek, kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida Kosonsoyning Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismiga ham sel kelgan. Tuman hokimligi va FVBning tezkor guruhi selni aholi hamda ekin yerlariga ziyon yetkazmasligini nazorat qilib turgan.Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomgʻir sabab Chust tumanidagi xonadonlarni suv bosgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Namangan Gidrometrologiya boshqarmasi xabariga koʻra, mahalliy vaqt soat 09:20 dan 11:30 ga qadar Chust tumani Karkidon qishlogʻidagi kuzatuv postida umumiy 38 mm yogʻin yoqqan. Bu tumanda may va iyun oyida yogʻadigan umumiy ikki oylik yogʻin miqdoriga teng.
namangan viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/16/24728545_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_e215a0e2719003865f0bfc7cb410b5cb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sel, namangan viloyati
Namanganning qator hududlariga sel keldi – video
Namangan viloyati FVB Kosonsoyga sel kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga 22 may kuni sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan
munosabat bildirdi.
Xabarda yozilishicha, shu kuni viloyatda yoqqan yomgʻir oqibatida Kosonsoy tumanidagi Kosonsoy soyiga yomgʻirdan toʻplangan suvlar kelgan. Bundan hududdagi aholi yashash xonadonlari, ekin maydonlari hamda boshqalarga zarar yetmagan.
“Hozirda viloyatdagi soylar toʻliq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfining oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati FVB kunu tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida Kosonsoyning Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismiga ham
sel kelgan. Tuman hokimligi va FVBning tezkor guruhi selni aholi hamda ekin yerlariga ziyon yetkazmasligini nazorat qilib turgan.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomgʻir sabab Chust tumanidagi xonadonlarni suv bosgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Namangan Gidrometrologiya boshqarmasi
xabariga koʻra, mahalliy vaqt soat 09:20 dan 11:30 ga qadar Chust tumani Karkidon qishlogʻidagi kuzatuv postida umumiy 38 mm yogʻin yoqqan. Bu tumanda may va iyun oyida yogʻadigan umumiy ikki oylik yogʻin miqdoriga teng.