Senatning navbatdagi yalpi majlisida qaysi qonunlar ko‘rib chiqiladi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz
17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2022
Obuna bo‘lish
Senatorlar 26-yalpi majlisda "Davlat fuqarolik xizmati" va "Davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya to‘lash sharti bilan olib qo‘yish tartibi to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 26-yalpi majlisi 28-may kuni chaqiriladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi,
"Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi,
"Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi,
"Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida"gi qonunlar shular jumlasidandir.
Yalpi majlisda Senat Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ham eshitadi.
Senatorlar iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqishadi.
Bundan tashqari, internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ham muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0