Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Tonggi badantarbiyani oilaviy anʼanaga aylantirish sirlari

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishZabeg po chaynыm plantatsiyam v Sochi
Zabeg po chaynыm plantatsiyam v Sochi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toʻgʻri motivatsiya bilan tonggi badantarbiyani oilaviy odatga aylantirish mumkin.
Sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya boʻyicha murabbiy Anastasiya Romanova tonggi badantarbiyani oilaviy anʼanaga aylantirish borasida tavsiyalar berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Ekspertning fikriga koʻra, birinchi navbatda badantarbiyaning organizm uchun foydali jihatlarini anglash lozim. Oʻz salomatligini yaxshilashga boʻlgan harakat eng yaxshi rahbatlantirish boʻladi.
“Mashq qilish tana va miyani uygʻotadi, kun davomida kuch va tetiklik beradi. Ertalab oddiy va yengil mashqlar ham chidamlilikni oshiradi, immunitetni mustahkamlaydi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydi, nafas olish va miya faoliyatini normallashtiradi. Shuni yodda tutish lozimki, badantarbiya qilish uchun motivatsiya kundan-kunga oshib borishi kerak. Ertalabki mashqlarni kundalik odatga aylantirilgandan bir necha kundan soʻng ijobiy natija, albatta, seziladi”, - deydi murabbiy.
Romanovaning taʼkidlashicha, jismoniy mashqlar faqat sport mashqlarining qatʼiy roʻyxatidan iborat boʻlishi shart emas. Mutaxassis mashqlarning turliligi - masalan, sevimli qoʻshiqqa raqsga tushish ham yaxshi natija berishini aytib oʻtdi.
Mutaxassis oʻz farzandlarini jismoniy tarbiyaga oʻrgatmoqchi boʻlgan ota-onalarga avvalo oʻzlari yaxshi namuna boʻlishlari kerakligini aytdi.
“Bolani tonggi badantarbiya qilishga majburlamaslik kerak. Hammasi ota-onalarning oʻzlaridan boshlanishi kerak. Ota-onalar farzandiga sport bilan shugʻullanish quvnoq jarayon ekanligini isbotlashi lozim. Musiqa, koʻngilochar va yengil mashqlar bilan bolani qiziqtirish mumkin. Dastlabki, 2-3 kunda bola rozi boʻlmasligi tabiiy. Biroq, undan keyin albatta, bola sizga ergashadi”,- deydi murabbiy.
“Tonggi badantarbiya koʻp vaqt olmasligi uchun aniq reja qilish zarur. Intizom va davomiylik uchun esa bolaga chiroyli taqvim chizib berish va badantarbiya bajarilgan har bir kunni belgilashni oʻrgatish lozim. Hafta oxirida esa albatta bolani yoqimli narsalar bilan taqdirlash kerak. Shuningdek, musobaqalar tashkillashtirish ham gʻalabaga erishi kayfiyatini ragʻbatlantiradi”,- deydi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0