Siyosat

Angren shahriga yangi hokim tayinlandi

© Foto: Xokimiyat Tashkentskoy oblastiAlisher Rayimov
Alisher Rayimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Angren shahrining sobiq hokimi Nuritdin Abdurahimov kasallikdan soʻng vafot etgan edi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Alisher Rayimov Toshkent viloyatining Angren shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi maʼlum qildi.
Rayimov 1981 yil Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2005 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2020 yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, “Hududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatining “Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish direktsiyasi” filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Angren shahrining oldingi hokimi Nuritdin Abdurahimov 11 may kuni kasallikdan soʻng vafot etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0