Jamiyat

Bolakayni qutqargan oʻzbekistonlik butunrossiya mukofoti sovrindori boʻldi

© Fond sotsialno-kulturnыx initsiativLaureat Vserossiyskoy obщestvenno-gosudarstvennoy initsiativы "Goryacheye serdtse", uzbekistanets Mirzaulugov Shaxzod Bexzod oglы.
Laureat Vserossiyskoy obщestvenno-gosudarstvennoy initsiativы Goryacheye serdtse, uzbekistanets Mirzaulugov Shaxzod Bexzod oglы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentlik talaba Zarafshon togʻ tizmalari bagʻrida choʻkib ketayotgan bolani qutqarib qoldi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik talaba Mirzaulugʻov Shahzod Behzod oʻgʻli daryoda choʻkayotgan bolakayni qutqarib qoldi va “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi sovrindori boʻldi.
Shahzod yoz oyida Zarafshon togʻ tizmalari bagʻrida dam olgan. U koʻl va suv oqimi qoʻshilishi joyidan uzoq boʻlmagan yerda bir bolaning choʻkib ketayotganini koʻrib qolgan. Bolakay “Yordam bering!” deya suvdan boshini chiqargan va yana suv ostiga koʻmilib ketgan.
Shahzodning tan olishicha, u avvaliga qoʻrqqan va oʻzini yoʻqotib qoʻygan. Keyin oʻzini qoʻlga olib, bolakayni qutqarish harakatini boshlagan. U tezda kiyimlarini yechib, oʻzini suvga otgan. Jabrlanuvchining oldiga suzib kelib, uni qirgʻoqqa olib chiqishga muvaffaq boʻlgan.
U bolani yerga yotqizib, uni hushiga keltirgan. Keyin maʼlum boʻlishicha, sovuq suvda uzoq choʻmilishi oqibati bolakayning tomirlari tortishib qolgan va bu uning choʻkib ketishiga sabab boʻlgan.
Shahzodning soʻzlariga koʻra, u hammasi yaxshi tugaganidan xursand, endi u boshqalarga qutqarish koʻnikmalarini oʻrgatmoqda.
Talaba “Otashin yurak” ("Goryacheye serdtse") koʻkrak nishon bilan taqdirlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi 2013 yildan buyon amalga oshirib kelinadi. Uning asosiy maqsadi oʻzining faol xatti-harakatlarini namoyon etgan, odamlarga begʻaraz yordam bergan 23 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlarni tabriklash va ularga minnatdorchilik bildirishdir.
Yangiliklar lentasi
0