Jamiyat

Gʻazalkentdagi koʻpriklar rekonstruktsiya uchun yopildi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishRemont asfaltobetonnogo pokrыtiya
Remont asfaltobetonnogo pokrыtiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent viloyati hokimligi koʻprik joriy yilning 11 iyuliga qadar yopilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan Gʻazalkent shahridagi koʻpriklar 11 iyulga qadar yopiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gʻazalkentdagi koʻpriklarni qayta taʼmirlash maqsadida joriy yilning 23 may kuni soat 12:00 dan 11 iyul soat 17:00 ga qadar Soyliq-Oqtosh yoʻnalishidagi koʻprikda transportlar harakati cheklanadi.
“Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidan oʻtuvchi 4R6V “Toshkent shahar - Chirchiq shahar – Chimyon qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlidan Semurgʻ oromgohiga shoxobcha” (Soyliq-Oqtosh yoʻnalishi) avtomobil yoʻlining 0-8 kilometrida joylashgan koʻpriklarni qayta taʼmirlash maqsadida joriy yilning 23 may kuni soat 12:00 dan 11 iyul soat 17:00 ga qadar transportlar harakati cheklanadi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0