Jamiyat

Hafta oʻrtasiga kelib havo +37 darajagacha koʻtariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProdavtsы kukuruzы na rыnke Chorsu
Prodavtsы kukuruzы na rыnke Chorsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
26-28 may kunlari respublikaning baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Hafta davomidaOʻzbekiston boʻyicha iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Bugun respublika boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Fargʻona viloyatining ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati +23...+28 daraja atrofida boʻladi.
24-26 may kunlari Oʻzbekiston boʻyicha havo kam bulutli va iliq boʻladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin koʻtariladi va hafta oʻrtasiga kelib +32...+37 darajaga yetadi.
27 mayda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Kunduzi havo harorati +5...+7 darajaga pasayadi.
25 mayda shimolda, 26-28 may kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0