Siyosat

Hokim yordamchisi Oltinkoʻl tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻrgʻontepa tumani “Chorvador” mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan Mahamadmuso Obidov Oltinkoʻl tumani hokimi vazifasini bajaradi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Mahamadmuso Obidov Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Obidov Qoʻrgʻontepa tumani “Chorvador” mahalla fuqarolari yigʻini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Mahamadmuso Obidov 1984 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan. 2005 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yili “Oʻzsanoatqurilishbank” Bunyodkor filialida pul muomalasi va naqd pul mablagʻlarini berilishini monitoring qilish boʻyicha maxsus shoʻʼbasi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
Biroz avval Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokim tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0