KXShT bosh kotibi NATOning kengayish rejalariga munosabat bildirdi

© SputnikGeneralniy sekretar ODKB Stanislav Zas
Generalniy sekretar ODKB Stanislav Zas - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna bo‘lish
Stanislav Zas: Shimoliy Atlantika alyansiga yangi a’zolarning qabul qilinishi taranglikning kuchayishi va mintaqani harbiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Stanislav Zasning aytishicha, tashkilot NATOning kengayishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga javob qaytarish uchun yetarli kuch va vositalarga ega. Bu haqda u “Belarus 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bunday vaziyatda kuch salohiyatimizni oshirishimiz kerakmi? Bu vaziyatda (yangi a’zolar NATOga qo‘shilganda – tahr.) haqiqatda yuzaga keladigan ehtimoliy tahdidlarga javob berish uchun bizda yetarlicha kuch va vositalar mavjud. Hozir bunday masala kun tartibida yo‘q (KXShT kuch blokini kuchaytirish to‘g‘risida – tahr.)”, - dedi Zas Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirish rejalariga izoh berayotib. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansiga yangi a’zolarning qabul qilinishi taranglikning kuchayishi va mintaqani harbiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, bu esa barcha tomonlar uchun xavfsizlikni mustahkamlashga yordam bermaydi.
Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi Rossiyaga harakat erkinligini beradi - Zaxarova
Ma’lumot uchun, Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi ortidan uzoq muddatli betaraflikdan voz kechish va Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. NATO rahbari Yens Stoltenbergning aytishicha, tashkilot Skandinaviya davlatlarini o‘z saflarida ko‘rishdan va ularga tez integratsiyalashuv imkoniyatini taqdim etishdan xursand bo‘ladi.
Rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishini bildirdi.
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lsa Rossiya qanday chora ko‘radi?
Yangiliklar lentasi
0