Rossiya

Polsha Kiyevning daromadini oʻziniki deb hisoblaydi – Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Zaxarova Polsha bosh vazirining Norvegiyaga daromadini Ukraina bilan boʻlishish haqidagi chaqirigʻiga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina daromadlarining Polsha tomonidan “oʻzlashtirilishi”ni aytdi. U bu haqdagi fikrini oʻzining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Shunchaki, Kiyevning daromadi, Polsha rahbariyati nuqtai nazaridan, allaqachon Varshavaning daromadidir”, - dedi Zaxarova Mateush Moravetskiyning taklifiga munosabat bildirib.

Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Norvegiya hukumatini neft va gaz eksportidan tushgan foydani Ukraina bilan boʻlishishga chaqirgan edi. Polsha bosh vazirining soʻzlariga koʻra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida energiya narxi oshishi sababli Norvegiya gaz va neft sotishdan qoʻshimcha ravishda 100 milliard yevrodan ortiq daromad oladi.
“Hurmatli norvegiyalik doʻstlar, bu adolatdan emas”, - degan edi u.
Yangiliklar lentasi
0