Jamiyat

Qarshi aeroportini taʼmirlash boshlandi

© Press-slujba Ministerstva transporta Respubliki UzbekistanV Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnыe stroitelnыe i remontnыe rabotы.
V Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnыe stroitelnыe i remontnыe rabotы.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
U yerda zamonaviy bagaj taqsimlovchi lentalar va yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratishga moʻljallangan boshqa moslamalar oʻrnatiladi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Qarshi xalqaro aeroportida keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki bosqichda tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan zal kengaytirilib, aerovokzalning yoʻlovchilar oʻtkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 yoʻlovchidan 400 nafar yoʻlovchiga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, aerovokzalning ikkinchi qavati joʻnab ketuvchi yoʻlovchilar uchun moʻljallab qayta rekonstruktsiya qilinadi. Vazirlik xabarida taʼkidlanishicha, buning natijasida kompleksdagi yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish ustunlari soni hozirgi 3 dan 10 taga oshiriladi.

Shu bilan birga zamonaviy bagaj taqsimlovchi lentalar, elektron tarozilar va yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratishga moʻljallangan boshqa moslamalar oʻrnatiladi.
© Press-slujba Ministerstva transporta Respubliki UzbekistanV Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnыe stroitelnыe i remontnыe rabotы.
V Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnыe stroitelnыe i remontnыe rabotы.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2022
V Mejdunarodnom aeroportu Karshi vedutsya masshtabnыe stroitelnыe i remontnыe rabotы.
Yangiliklar lentasi
0