https://oz.sputniknews-uz.com/20220524/abdulaziz-kamilov-saudiya-tiv-rahbari-bilan-muloqot-qildi-24775792.html
Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Saudiya tomoni Kamilovni Oʻzbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan. Suhbat chogʻida soʻnggi mintaqaviy hamda xalqaro oʻzgarishlar muhokama qilingan. 24.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-24T18:20+0500
2022-05-24T18:20+0500
2022-05-24T18:20+0500
siyosat
oʻzbekiston tiv
abdulaziz kamilov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/09/22623540_0:113:1280:833_1920x0_80_0_0_e9de7d2761b7529397275ca228678f0e.jpg
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. 22 may kuni Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Saudi Press Agency” xabar berdi. Muloqot chogʻida ikki tomonlama munosabatlar va ularni mustahkamlash yoʻllari koʻrib chiqilgan, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi soʻnggi oʻzgarishlar hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilingan.Eslatib oʻtamiz, mart oyida Abdulaziz Kamilov salomatligi bilan bogʻliq muammo tufayli xorijda davolanayotgani aytilgan edi.Aprel oyi oxirlarida Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish esa Vladimir Norov zimmasiga yuklatilgan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/09/22623540_0:155:1280:1115_1920x0_80_0_0_6ecbf3e9c346487afedac6f93a61eb19.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston tiv, abdulaziz kamilov
Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Saudiya tomoni Kamilovni Oʻzbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan. Suhbat chogʻida soʻnggi mintaqaviy hamda xalqaro oʻzgarishlar muhokama qilingan.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. 22 may kuni Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Saudi Press Agency”
xabar berdi.
“Bugun Tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdullaga Oʻzbekiston Prezidentining maxsus vakili janob Abdulaziz Kamilov tomonidan qoʻngʻiroq qilindi”, deyiladi xabarda.
Muloqot chogʻida ikki tomonlama munosabatlar va ularni mustahkamlash yoʻllari koʻrib chiqilgan, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi soʻnggi oʻzgarishlar hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilingan.
Eslatib oʻtamiz, mart oyida Abdulaziz Kamilov salomatligi bilan bogʻliq muammo tufayli xorijda davolanayotgani aytilgan edi.
Aprel oyi oxirlarida Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish esa Vladimir Norov zimmasiga yuklatilgan edi.