https://sputniknews-uz.com/20220524/firibgarlar-koproq-qaysi-usullar-bilan-odamlarni-chuv-tushirishmoqda-24780146.html
Firibgarlar koʻproq qaysi usullar bilan odamlarni chuv tushirishmoqda
Firibgarlar koʻproq qaysi usullar bilan odamlarni chuv tushirishmoqda
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda eng ommalashgan firibgarlik usullari bu meros haqidagi vaʼda, sovrinli yutuq haqidagi xabarlar.
2022-05-24T19:55+0500
2022-05-24T19:55+0500
2022-05-24T19:55+0500
jamiyat
firibgar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/03/22520584_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_90ecbd211798ed797f8b2bb67805b3c1.jpg
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Markaziy bank "Moliyaviy bilim" loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida videorolik tayyorladi.Unda Oʻzbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari haqida maʼlumot berilgan.Katta merosEng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — bu meros haqidagi vaʼda. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz oʻxshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi.Ushbu merosni qoʻlga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning boʻyningizda boʻladi. Ushbu mablagʻni toʻlab boʻlganingizda esa aldanganingizni bilasiz.Sovrinli yutuqBir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.Ushbu yutuqlarni oʻz yurtingizga yetkazib berilishi uchun esa sizdan mablagʻ yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida maʼlumot kiritishingiz talab etiladi. Shu orqali hisobingizdagi mablagʻ firibgarlar tomonidan yechib olinadi.Telegram guruhlariOxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri — telegram guruhlarga odam qoʻshish orqali qanchadir mablagʻ bilan taqdirlanishdir.Bu orqali firibgarlar oʻz guruh yoki kanallarida sunʼiy ravishda foydalanuvchilarni koʻpaytirishga yoki telefon nomer va plastik karta maʼlumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinadi.Shu tufayli turli aktsiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob maʼlumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi. Aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish hech gap emas.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/03/22520584_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_f994692374f69593f791eb46a1c2d655.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
firibgar
Firibgarlar koʻproq qaysi usullar bilan odamlarni chuv tushirishmoqda
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda eng ommalashgan firibgarlik usullari bu meros haqidagi vaʼda, sovrinli yutuq haqidagi xabarlar.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Markaziy bank "Moliyaviy bilim" loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida videorolik
tayyorladi.
Unda Oʻzbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari haqida
maʼlumot berilgan.Katta meros
Eng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — bu meros haqidagi vaʼda. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz oʻxshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi.
Ushbu merosni qoʻlga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning boʻyningizda boʻladi. Ushbu mablagʻni toʻlab boʻlganingizda esa aldanganingizni bilasiz.
Sovrinli yutuq
Bir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.
Ushbu yutuqlarni oʻz yurtingizga yetkazib berilishi uchun esa sizdan mablagʻ yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida maʼlumot kiritishingiz talab etiladi. Shu orqali hisobingizdagi mablagʻ firibgarlar tomonidan yechib olinadi.
Telegram guruhlari
Oxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri — telegram guruhlarga odam qoʻshish orqali qanchadir mablagʻ bilan taqdirlanishdir.
Bu orqali firibgarlar oʻz guruh yoki kanallarida sunʼiy ravishda foydalanuvchilarni koʻpaytirishga yoki telefon nomer va plastik karta maʼlumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinadi.
Shu tufayli turli aktsiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob maʼlumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi. Aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish hech gap emas.