https://oz.sputniknews-uz.com/20220524/kuchuklar-bola-immunitetini-oshiradi---olimlar-xulosasi-24781269.html
Kuchuklar bola immunitetini oshiradi - olimlar xulosasi
Kuchuklar bola immunitetini oshiradi - olimlar xulosasi
Kuchuklar bolalarni oshqozon va jigar kasalliklariga chalinishdan himoya qilish mumkin. Kanadalik olimlar keng miqyosdagi tadqiqotdan soʻng shunday xulosaga kelishgan. 24.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-24T22:22+0500
2022-05-24T22:22+0500
2022-05-24T22:22+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
sogʻliq
bolalar
immunitet
doktor maslahati
foydali
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1092/74/10927412_0:48:1000:611_1920x0_80_0_0_700f255d865489b1a41e93a5b09f10bd.jpg
Kron kasalligi - oshqozon-ichak traktining yalligʻlanishi boʻlib, u tizimning barcha qismlarini, ogʻiz boʻshligʻidan to toʻgʻri ichakkacha taʼsir qilishi mumkin. Alomatlari- surunkali diareya, qorin ogʻrigʻi, vazn yoʻqotish, charchash, ishtahani yoʻqotish, isitma.Garchi ushbu faraz bahsli boʻlsada, soʻnggi kunlarda ichaklar mikrobiomining chindan ham immunitetga taʼsir qilishiga koʻplab dalillar paydo boʻlmoqda. Toronto universitetining olimi, tadqiqot muallifi Uilyams Terpinning aytishicha, yangi oʻtkazilgan tadqiqot dastlabkilarini toʻldiradi.Olimlar Kron kasalligiga chalingan odamlarning yaqin qarindoshlarining 4300 tadan ortiq anketalarini koʻrib chiqqan. Doktor Terpinni bemorlar katta boʻlgan uydagi sharoit, turmush tarzi qiziqtirgan: masalan, oilaning katta yo kichikligi, uyda kuchuk yoki mushuklarning borligi, ichimlik suvining sifati va yana boshqa bir qancha omillar.Shunisi eʼtiborga loyiqki, tadqiqotga koʻra, uyda mushuk borligi bola salomatligiga hech qanday foyda keltirmagan. Sababi esa aniq emas.Olimlarning aniqlashicha, ichak mikrobiomasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan yana bir omil - bir yoshga toʻlgunga qadar katta oilada yashash. Biroq, itlar va katta oilalar qanday qilib Kron kasalligidan himoyalanishining aniq sabablari nomaʼlumligicha qolgan.Kron kasalligi koʻpincha Shimoliy Yevropa mamlakatlari va AQSH aholisida uchraydi. Uning tarqalishi 100 000 aholiga 40 dan 150 kishigacha toʻgʻri keladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1092/74/10927412_0:0:1000:751_1920x0_80_0_0_5898cc0ed6f01c4ff5f46012fbc4bd3f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, sogʻliq, bolalar, immunitet, doktor maslahati, foydali
Kuchuklar bola immunitetini oshiradi - olimlar xulosasi
Kuchuklar bolalarni oshqozon va jigar kasalliklariga chalinishdan himoya qilish mumkin. Kanadalik olimlar keng miqyosdagi tadqiqotdan soʻng shunday xulosaga kelishgan.
Kron kasalligi - oshqozon-ichak traktining yalligʻlanishi boʻlib, u tizimning barcha qismlarini, ogʻiz boʻshligʻidan to toʻgʻri ichakkacha taʼsir qilishi mumkin. Alomatlari- surunkali diareya, qorin ogʻrigʻi, vazn yoʻqotish, charchash, ishtahani yoʻqotish, isitma.
Tibbiyotda gigiyenik gipoteza boʻlib, unga koʻra steril sharoitlardan yiroq boʻlgan hayot bolaning immunitet tizimini rivojlanishiga yordam beradi. Kam rivojlangan mamlakatlardagi odamlarning autoimmun kasalliklariga kamroq chalinadi.
Garchi ushbu faraz bahsli boʻlsada, soʻnggi kunlarda ichaklar mikrobiomining chindan ham immunitetga taʼsir qilishiga koʻplab dalillar paydo boʻlmoqda. Toronto universitetining olimi, tadqiqot muallifi Uilyams Terpinning aytishicha, yangi oʻtkazilgan tadqiqot dastlabkilarini toʻldiradi.
Olimlar Kron kasalligiga chalingan odamlarning yaqin qarindoshlarining 4300 tadan ortiq anketalarini koʻrib chiqqan. Doktor Terpinni bemorlar katta boʻlgan uydagi sharoit, turmush tarzi qiziqtirgan: masalan, oilaning katta yo kichikligi, uyda kuchuk yoki mushuklarning borligi, ichimlik suvining sifati va yana boshqa bir qancha omillar.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, muntazam ravishda kuchuk parvarishlagan odamlar sogʻlom ichak oʻtkazuvchanligiga ega va oshqozon-ichak traktidagi mikroblar va tana immunitet reaktsiyasi oʻrtasidagi muvozanat boʻlgan. Ayniqsa, kuchuklar 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga foydali taʼsir koʻrsatgan.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, tadqiqotga koʻra, uyda mushuk borligi bola salomatligiga hech qanday foyda keltirmagan. Sababi esa aniq emas.
“Ehtimol, it egalari oʻz uy hayvonlari bilan tashqariga chiqishlari yoki koʻplab yashil oʻsimliklar boʻlgan joylarda yashashlari mumkin bunga taʼsir qilishi va Kron kasalligidan himoya qilishi mumkin”, - deya maʼlumot keltiriladi Amerika Gastroenterologiya Assotsiatsiyasining press-relizida.
Olimlarning aniqlashicha, ichak mikrobiomasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan yana bir omil - bir yoshga toʻlgunga qadar katta oilada yashash. Biroq, itlar va katta oilalar qanday qilib Kron kasalligidan himoyalanishining aniq sabablari nomaʼlumligicha qolgan.
Kron kasalligi koʻpincha Shimoliy Yevropa mamlakatlari va AQSH aholisida uchraydi. Uning tarqalishi 100 000 aholiga 40 dan 150 kishigacha toʻgʻri keladi.