Madaniy meros va ijod platformasi ishga tushiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPortal (vxod, arka) Medrese Barakxan.
Portal (vxod, arka) Medrese Barakxan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna bo‘lish
Elektron platformadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish va turizmni rivojlantirishdan iborat.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda Madaniy meros va ijod platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elektron platformadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish, ijodkorlikni va barqaror turizmni rivojlantirishdan iborat sanaladi.
U madaniy meros obyektlari, tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni kuchaytirish va ekologik turizmni rivojlantirishga yordam berishi ta’kidlanmoqda.
Platforma vazifalari quyidagilardan iborat:
amalga oshirayotgan madaniy dasturlar/loyihalar/tashabbuslarni doimiy asosda aniqlash va xaritalash;
hamkorlikni ta’minlash orqali amalga oshirilayotgan faoliyat/loyihalarning qiymatini oshirish;
madaniyat bilan bog‘liq barcha ishlarni joriy siyosat va strategiyalar, aniqlangan ehtiyojlar va boshqalar asosida muvofiqlashtirilgan tarzda yo‘naltirish;
xaritalashtirilgan ish natijalari asosida madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlik, aloqa va yordamni kuchaytirish, mahalliy va xalqaro institutlar hamda barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, fikr va tajriba almashish uchun maydonni ta’minlash.
O‘zbekistonda 34 ta madaniy meros obyekti qayta tiklanadi
Yangiliklar lentasi
0