https://sputniknews-uz.com/20220524/mirziyoev-putin-bilan-qongiroqlashdi-etakchilar-qanday-masalalarni-muhokama-qilishdi-24776302.html
Mirziyoyev Putin bilan qoʻngʻiroqlashdi: yetakchilar qanday masalalarni muhokama qilishdi
Mirziyoyev Putin bilan qoʻngʻiroqlashdi: yetakchilar qanday masalalarni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.
2022-05-24T17:28+0500
2022-05-24T17:28+0500
2022-05-24T17:39+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1396/34/13963496_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4afaec22e65a3524aaa86a6c84126bd7.jpg
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.Oʻtgan yil noyabr oyida Moskva shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.Joriy yil boshidan faol muloqotlar va oʻzaro tashriflar surʼati oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mart oyi oxirida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda aprel oyida Oʻzbekiston poytaxtida yangi mintaqaviy formatda tashkil etilgan “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida ikki tomonlama tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.Taʼkidlanishicha, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha ustuvor loyihalar davom ettirilmoqda. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.Gumanitar hamkorlikka doir, shu jumladan taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, turizm va sport sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish va hududlararo aloqalarning katta salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1396/34/13963496_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d2adb0eba850f40f8882abfc18786e8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, vladimir putin
Mirziyoyev Putin bilan qoʻngʻiroqlashdi: yetakchilar qanday masalalarni muhokama qilishdi
17:28 24.05.2022 (yangilandi: 17:39 24.05.2022) Yetakchilar Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni koʻrib chiqishdi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan.
Oʻtgan yil noyabr oyida Moskva shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Joriy yil boshidan faol muloqotlar va oʻzaro tashriflar surʼati oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mart oyi oxirida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda aprel oyida Oʻzbekiston poytaxtida yangi mintaqaviy formatda tashkil etilgan “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida ikki tomonlama tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Taʼkidlanishicha, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha ustuvor loyihalar davom ettirilmoqda. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.
Gumanitar hamkorlikka doir, shu jumladan taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, turizm va sport sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish va hududlararo aloqalarning katta salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.