https://oz.sputniknews-uz.com/20220524/ozbekiston-davlat-farmakopeyasi-jahon-farmakopeyalari-indeksidan-orin-oldi-24760172.html
Oʻzbekiston Davlat farmakopeyasi Jahon farmakopeyalari indeksidan oʻrin oldi
Oʻzbekiston Davlat farmakopeyasi Jahon farmakopeyalari indeksidan oʻrin oldi
Xalqaro farmakopeya - butun dunyo boʻylab dorivor moddalar va dori vositalarining tegishli sifatini taʼminlaydigan rasmiy hujjatlar toʻplamidir. 24.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-24T10:13+0500
2022-05-24T10:13+0500
2022-05-24T10:19+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
jsst
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/18/24760297_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_1d5085cb4453032107db4cd3bffa0736.jpg
TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi” ("The Index of World Pharmacopoeias and Pharmacopoeial Authorities by World Health Organization") dan oʻrin oldi. Davlat farmakopeyasini JSST jahon farmakopeya va farmakopeya organlari indeksiga kiritilishi, uni ishlab chiqishda faol ishtirok etgan tahririyat kengashining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni xalqaro miqyosdagi eʼtirofidir.Maʼlumot uchun, Farmakopeya ‒ bu alohida mamlakatda yoki maʼlum bir xududda ishlatiladigan dori vositalari sifatini taʼminlash uchun qonunan rioya etilishi shart boʻlgan standartlar toʻplamidir. Farmatsevtika bozorida dori vositalarining sifati farmakopeya standartlari asosida tartibga solib boriladi. Zamonaviy farmakopeyalaring asosiy vazifasi dori vositalari sifatiga umumiy talablarni, shuningdek faol farmatsevtika substantsiyalari, tayyor dori vositalari, yordamchi moddalar, reaktivlar, reagentlar va shu kabilarga xususiy sifat standartlarini belgilashdan iboratdir.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/18/24760297_12:0:1149:853_1920x0_80_0_0_57bdd7776bf3a2d560e5adab36815834.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tibbiyot muassasi, jsst
Oʻzbekiston Davlat farmakopeyasi Jahon farmakopeyalari indeksidan oʻrin oldi
10:13 24.05.2022 (yangilandi: 10:19 24.05.2022) Xalqaro farmakopeya - butun dunyo boʻylab dorivor moddalar va dori vositalarining tegishli sifatini taʼminlaydigan rasmiy hujjatlar toʻplamidir.
TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi” ("The Index of World Pharmacopoeias and Pharmacopoeial Authorities by World Health Organization") dan
oʻrin oldi. Davlat farmakopeyasini JSST jahon farmakopeya va farmakopeya organlari indeksiga kiritilishi, uni ishlab chiqishda faol ishtirok etgan tahririyat kengashining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni xalqaro miqyosdagi eʼtirofidir.
Qolaversa, bu – farmakopeyalarni ishlab chiqish boʻyicha axborotlar almashinuvini taʼminlash, farmakopeyalar standartlarni ishlab chiqish, yangilash kontseptsiyalari va texnologiyalar bilan almashinuv, dori vositalarning sifat standartlarini va sifatini taʼminlash tizimlari sohasida olib boriladigan muloqotlarni yanada yaxshilash yoʻnalishlarida katta imkoniyatlar yaratadi, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Farmakopeya ‒ bu alohida mamlakatda yoki maʼlum bir xududda ishlatiladigan dori vositalari sifatini taʼminlash uchun qonunan rioya etilishi shart boʻlgan standartlar toʻplamidir. Farmatsevtika bozorida dori vositalarining sifati farmakopeya standartlari asosida tartibga solib boriladi.
Zamonaviy farmakopeyalaring asosiy vazifasi dori vositalari sifatiga umumiy talablarni, shuningdek faol farmatsevtika substantsiyalari, tayyor dori vositalari, yordamchi moddalar, reaktivlar, reagentlar va shu kabilarga xususiy sifat standartlarini belgilashdan iboratdir.