Kolumnistlar

Polsha “integratsiya”ga tayyorlanmoqda: Ukraina halokatga mahkum

Zdaniye posolstva Ukrainы v Polshe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskvaga Gʻarb tomonidan uyushtirilgan sotqinlarcha munosabat, Kiyevning NATOga kirish uchun amalga oshirgan yigirma yillik saʼy-harakati - Ukraina davlatchiligida halokatli oʻzgarishlarga olib keldi, deya taʼkidlaydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.
Rossiya “xavfsizlik kamarida” tinch, doʻstona, imtiyozli davlat maqomini saqlab qolishni istamagan Ukraina har tomonlama natsizm, adovat va dushmanlik tufayli boʻlinib ketdi. Bugun Kiyevning ushbu rejimi Ukraina xalqini oʻrta asrlardagi xolop-qullar davriga yetaklamoqda. Bu jaholatni faqat Rossiya toʻxtata oladi.
22-may kuni Polsha prezidenti Anjey Dudaning Kiyevga toʻsatdan, eʼlon qilinmagan tashrifi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning umumiy rivojlanish yoʻlidan borish niyati haqidagi bayonotidan soʻng aniq boʻldiki, kollektiv Gʻarb Ukraina nazorati ostidagi boʻlimlarni favqulodda Polsha protektoratiga aylantirishga hozirlik koʻrmoqda.
Kiyev manbalarining xabar berishicha, Zelenskiy Dudadan Belarus bilan chegaradagi mamlakat Qurolli Kuchlar guruhini ozod qilish uchun Gʻarbiy Ukrainaga Polsha qoʻshinlarini yuborishni soʻragan. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bu kuchlardan “sharqiy frontni barqarorlashtirish” uchun foydalanish niyatida. Ukraina qoʻshinlarining Severodonetskdagi ahvoli ogʻir, front parchalana boshlagan.
Ukrainadagi Polsha fuqarolarining alohida maqomi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi NATO qoʻshinlarini Ukraina hududiga “Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari” sifatida kiritish imkonini beradi. Rejaga koʻra, mustaqil hududdagi polyaklar Ukraina fuqarolari bilan teng huquqlarga ega boʻladi. Ular davlat organlariga saylanish, strategik lavozimlarni egallash imkoniyati paydo boʻladi. Polsha politsiyasi Ukraina hududida qonun va tartibni nazorat qilish huquqiga ega boʻladi - bu huquqni muhofaza qilish organlarining birlashishi demakdir.
Albatta, qarama-qarshi yoʻnalishda (Polshadagi Ukraina politsiyasi) mustamlakachilik sxemasi ishlamaydi - hech kim bir boshqaruvlilik va mamlakat konstitutsiyasini bekor qilmaydi. Polsha tarkibidagi “Ukraina qoʻshinlari” ikki teng (tarixiy dushman boʻlgan ) davlatlarning ittifoqidan koʻra haqiqatga yaqinroq koʻrinadi. Restitutsiyaning oʻtkir muammolariga ham tegmasdan.
Moskva sodir boʻlayotgan voqealarga juda salbiy munosabatda. Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati Varshavaning Ukraina gʻarbiy viloyatlarini Polsha tarkibiga kiritish rejalari haqida xabar bergan edi.
Polsha “koʻngilli askarlari” anchadan buyon Ukrainadagi otishmalarda ishtirok etyapti. Kecha Dnepropetrovsk viloyatining Pavlograd viloyatiga Polshaning ikkita bataloni “Rapira” tankga qarshi qurollari va Amerika zirhli mashinalari bilan yetib keldi.
Polshada Kaliningradni “demilitarizatsiya” qilishga chaqirishmoqda. Vaziyatlarning uygʻunligi tufayli Polsha-Ukrainaning cheksiz “umumiy baxt” loyihasi eskalatsiyaning yangi bosqichini, NATOning Sharqiy –Yevropa hududlarida harbiy harakatlarning muqarrar loyiharini vaʼda qilishmoqda. Bu hududlarda Rossiya Qurolli Kuchlari ortiqcha gumanizmsiz, taktik va srategik jihatdan hukmronlik qilishga qodir.

Atlantik turbulentlik

Agar Polsha qoʻshinlarining Ukrainaga kirishini faraz qilsak, Belorusga qarshi “ikkinchi front” ochish ehtimoli keskin oshadi. Uning hududiga Ukraina diversant-razvedka guruhlari allaqachon kirib bormoqda.
Ukraina qoʻshinlarining Rovensk, Chernigovsk va Kiyev yoʻnalishlaridagi chegara guruhi 20 ming “shtik” dan oshadi.
Ukraina tashqi nazorat ostida, uning bosh qoʻmondoni esa professional shoumen, mediada muvaffaqiyat qozonish va “ochil dasturxon” – Kiyev rejimiga Amerika harbiy va moliyaviy yordamini kengaytirish uchun vatandoshlarining hayotini qurbon qilishga tayyor.
Belarus Respublikasining Polsha, Litva va Latviya bilan chegaralarida ham keskinlik kuchaymoqda. Bu yerda NATO qoʻshinlarining umumiy soni 37,5 ming kishini tashkil etadi (Belarus Qurolli Kuchlarining umumiy soni bilan solishtirish mumkin). Vashingtonning Bosfor va Dardanel boʻgʻozlarini toʻsish, AQSH harbiy-dengiz kuchlarini Qora dengizga qaytarish va kuch bilan Odessa portini (don eksporti uchun) blokdan chiqarish niyati Yevropada “Atlantika tsiklonini” kuchaytirmoqda.
Amerikaning The Wall Street Journal nashriga koʻra, Pentagon va Davlat departamenti rasmiylari amerikalik diplomatlarni himoya qilish va Ukraina Qurolli kuchlari mutaxassislarini tayyorlash uchun Ukrainaga AQSH armiyasining maxsus boʻlinmalarini yuborish imkoniyatini ham muhokama qilmoqda.
Eslatib oʻtaman, Ukrainada oʻtkazilgan uch oylik maxsus operatsiya davomida oʻnlab amerikalik va britaniyalik harbiy instruktorlar yoʻq qilingan. Bu yangi otryadlarni ragʻbatlantirishi dargumon. Boshqa tomondan, Vashington va Bryussel Rossiya bilan oxirgi ukrainalikkacha kurashishga tayyor. Yil boshidan buyon AQSH Ukrainaga 40 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ajratgan boʻlsa, Yevropa oʻz navbatida yana 2 milliard yevro ajratdi.
Gʻarb taʼminotiga kelsak, bugun rus qoʻshinlari Jitomir yaqinidagi Malin temir yoʻl stantsiyasiga ikkinchi zarbani berdi. Dengizda joylashgan yuqori aniqlikdagi uzoq masofali raketalar Ivano-Frankovskdan Ukraina Qurolli Kuchlarining 10-togʻ-hujum brigadasining NATO qurollari, oʻq-dorilari va harbiy texnikasini yoʻq qildi.
Demilitarizatsiya butun Ukrainada kechayu kunduz davom etmoqda. Germaniyada Uchinchi jahon urushi boshlanishidan qoʻrqishayotganlari va Ukraina Qurolli kuchlarini qurol bilan taʼminlashdan maʼno koʻrmayotganlari bejiz emas. Hatto Yevropa diplomatiyasining jangovar rahbari Xosep Borrel ham Kiyev rejimiga bemaʼni yetkazib berish tufayli YEIning qurol-yarogʻ zaxiralari tugaganini tan oldi.

Tarixiy saboq

NATOning Yaqin Sharqdagi koʻp yillik muvaffaqiyatsizliklari fonida Rossiya chegaralari yaqinida qurollarini koʻz-koʻz qilishi xavfli ehtiyotsizlikdir. Va Polsha Rossiya vorisi boʻlgan SSSRning urushdan keyingi (1945) chegaralarini buzish uchun mutlaq huquqqa ega emas. Taʼkidlash lozim, “mustaqil” Ukrainaning postsovet chegaralari MDH hujjatlarida toʻliq belgilanmagan va koʻp jihatdan Moskvaning xayrixohligiga bogʻliq.
BMT tomonidan 1991 yil 25 dekabrdan buyon Ukraina chegaralarini suveren davlat sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmadi. Bundan tashqari, Rossiya 2022 yil 24 fevralda BMT Xavfsizlik Kengashida Ukrainaning hududiy yaxlitlik huquqidan voz kechdi, chunki Ukraina hukumati oʻz hududida yashovchi xalqlarga tenglikka rioya qilmadi.
Polsha protektorati va Ukraina pasportlariga ega NATO qoʻshinlari Rossiyaning Ukraina harbiy infratuzilmasiga raketa zarbalarining intensivligi va aniqligiga taʼsir qilmaydi, Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa toʻgʻrisida) esa bu holatda ish bermaydi.
Rossiya Qurolli Kuchlari maxsus harbiy operatsiyasining maqsadlari oʻzgarishsiz qoladi. Ukrainada Rossiya bilan boʻlayotgan proksi- urushda kollektiv Gʻarbning magʻlubiyati muqarrar. Nima boʻlayotganini tushunish uchun tarixni eslash kerak.
Kiyev rejimi gʻayrat bilan oʻzini “tajovuzkor davlat”ning iblis taʼsiridan chiqib, Yevropa Ittifoqi va NATOga aʼzo boʻliga oshiqayotgandek koʻrsatmoqda. Biroq, yigirma yil muqaddam, 2002 yil 23 mayda Rossiyaning keng imtiyozlariga qurshalgan Ukraina Shimoliy Atlantika ittifoqiga qoʻshilish niyatini rasman eʼlon qildi. Qoʻshni Rossiya Federatsiyasining xavfsizligiga mutlaqo eʼtibor bermasdan (oʻsha paytda jarayonni “rossiyaparast” prezident, “Ukraina - Rossiya emas” kitobi muallifi Leonid Kuchma boshqargan).

Biz 2008 yil avgust oyida Gruziyani tinchlikka majburlash operatsiyasi paytida Ukraina ekipajlari va havoga qarshi mudofaa tizimlari Rossiya Havo-kosmik kuchlarining samolyotlarini urib tushirganini unutmadik. Gruziyaning Janubiy Osetiyaga tajovuzida Ukraina Mudofaa vazirligi harbiylari, shuningdek, Rossiyada taqiqlangan UNA-UNSO tashkiloyatining taxminan 200 nafar natsistlari ishtirok etgani ham fakt.

Hatto 1990-yillarning boshlarida Ukraina mustaqilligi boshida Ukraina Qurolli Kuchlarining attestatsiya komissiyalari SSSRning turli burchaklaridan oʻzlarining kichik vatanlariga kelgan harbiy xizmatchilardan, agar buyruq boʻlsa, Rossiya bilan jang qilishadimi yoki aksinchaligini soʻrashgan. Millatlararo odatlar, sovet pasportlari, shaffof chegaralar va osoyishta osmon bunday sinovlarni umuman maʼqullamadi, ammo Gʻarbning “Ukraina” allaqachon boshlangan edi.

Rossiyada ittifoq respublikasi sifatida tugʻilgan, tarixan u bilan bogʻlangan Ukraina 1990 yillar boshida ongli tarzda va taʼmagirlik bilan Sovet Ittifoqini bir-biriga dushman davlatlar guruhiga aylantirish, dushmanlik va oʻz-oʻzini yoʻq qilish hududini yaratish kabi buzgʻunchi jarayonga qoʻshildi. (30ta Pentagon biolaboratoriyalarini esga olamiz).

Bugun Ukraina Qurolli Kuchlari askarlarining minglab jasadlari “ukrainchilik”, Gʻarb bilan “integratsiya” va NATOning “qoʻllab-quvvatlashi” ning jang maydonida koʻzga koʻrinadigan natijasidir.
Rossiya (Karl XII, Napoleon va Gitlerning bosыinlaridan keyin) Yevropani AQSH totalitar rejimi tomonidan qul qilinishdan yana bir bor qutqarmoqda.
Yangiliklar lentasi
0