Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainada natsizmni 100% yoʻq qilishni maqsad qilgan - Patrushev

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye vo vserossiyskom soveщanii predsedateley sudov
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye vo vserossiyskom soveщanii predsedateley sudov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Natsizm 100 foizga yoʻq qilinmasa u bir necha yildan soʻng yana ham xunuk koʻrinishda boshini qayta koʻtaradi - Patrushev.
TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyani tezroq tugatishga emas, natsizmni 100 foiz yoʻq qilishga harakat qilayapti, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev AiF nashriga bergan intervyusida.
Kotib muxbirning ayrim fuqarolarning Ukrainadagi maxsus operatsiya muddatlari uzayib ketayotganidan xavotirga tushayotgani haqidagi savollarga qoʻyidagicha javob berdi:
"Biz belgilangan muddatda operatsiyani tugatishga intilmayapmiz. Natsizmni yo 100 foizga yoʻq qilish kerak, yoki u bir necha yildan soʻng yana ham xunuk koʻrinishda boshini qayta koʻtaradi", dedi Patrushev.
"Tarixni esga olsangiz hammasini darhol tushunasiz, dedi Patrushev. - Postdam anjumanida SSSR, AQSH va Angliya nemis militarizmi va natsizmini butunlay yoʻq qilish toʻgʻrisida shartnoma imzolagan edi. Denatsifikatsiya - natsist jinoyatchilarni jazolash bilan bir qatorda, irqi, millati, tili, dini, siyosiy eʼtiqodiga koʻra kamsitishni qonuniylashtirgan Uchinchi Reyx qonunlari bekor qilish, millatchi va militaristik taʼlimotlarni maktab dasturidan olib tashlash va boshqa qator jiddiy choralarni nazarda tutgan edi".
“Mamlakatimiz 1945 yilda shunday maqsadlarni oʻz oldiga qoʻygan edi. Biz hozir ham , Ukrainani neonatsizmdan tozalar ekanmiz ana shunday maqsadlarni qoʻymoqdamiz”, - deydi bosh kotib. Angliya va AQSH esa, oʻsha vaqtda SSSR tomonida boʻlgan boʻlsa, bugun - butunlay boshqa pozitsiyada. Ular natsizmni qoʻllab-quvvatlab, dunyoning aksariyat mamlakatlariga qarshi tajovuzkorlik bilan harakat qilishmoqda".
Gʻarbdagilar Ukrainada millatchilar borligiga ishonmayotgani haqidagi xabarlarga Patrushev quyidagicha javob berdi:
“Ehtimol, gʻarbliklar oʻz koʻchalarida shafqatsiz ukrainalik bezorilar paydo boʻlmagunicha oʻzlarining pushtirang koʻzoynagini yechmaydi”, — dedi u. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining fikricha, bu nafaqat Yevropada sodir boʻlishi mumkin.
Xavfsizlik Kengashi kotibi, yaqinda Amerikaning Buffalo shahrida sodir boʻlgan ommaviy qotillikni esga oldi. "Men amerikaliklardan soʻramoqchiman, supermarketda odamlarni otgan neonatsist va Donbassning tinch aholisini yillar davomida kamsitib, kelgan "Azov" jangarilari oʻrtasidagi qanday farq bor?", - dedi Patrushev.
Yangiliklar lentasi
0