Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Xerson portidan Qora dengizga chiqish yo‘lini minalashtirdi

© Sputnik / S. KrachkoXersonskiy morskoy i krupneyshiy na Dnepre rechnoy port.
Xersonskiy morskoy i krupneyshiy na Dnepre rechnoy port. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna bo‘lish
Xerson portidan Qora dengizga chiqishning yagona yo‘li - Dnepr darosining qo‘yi qismi Nikolayev viloyati hududidagi Ochakovo porti orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Xersondagi savdo portining ishi hozircha to‘xtab qolgan, chunki Qora dengizga yagona chiqish yagona yo‘li ukrainalik jangarilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
"Hozirgi vaqtda Xerson portidan foydalanish mumkin emas, chunki Dnepr-Bugsk ko‘rfazi orqali Qora dengizga yagona chiqish yo‘li Ukraina fashistlari tomonidan minalashtirilgan", - deya Stremousovdan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Ma’lum bo‘lishicha, Xerson portidan Qora dengizga chiqish faqat Dnepr darosi orqali amalga oshiriladi. Dnepr darosining qo‘yi qismi Nikolayev viloyati hududidagi Ochakovo portiga orqali o‘tib Qora dengizga chiqadi. Ayni damda ushbu viloyat hududi Ukraina millatchilari nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Rossiya harbiylari mart oyi o‘rtalarida Xerson viloyatini nazorat ostiga oldi. Shahar va tumanlarda fuqarolik-harbiy boshqarmalar tuzildi. Shu bilan birga, Ukraina qo‘shinlari Nikolayev yo‘nalishidan mintaqani doimiy ravishda o‘qqa tutmoqda, Kiyev rasmiylari esa u yerda uyali aloqani o‘chirib, mahalliy aholiga pensiya to‘lashni to‘xtatgan.
Xerson viloyati rasmiylari mintaqaning Rossiyaga kirishi haqida bir necha bor e’lon qilgan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, bu masalani mintaqa aholisining o‘zlari hal qilishi va u Qrim misolida bo‘lgani kabi aniq tekshirilishi, qonuniy asosga ega bo‘lishi va qonuniy bo‘lishi kerak.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0