Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida o‘rta asrlarga oid buyum qoldiqlari topildi – foto

Obuna bo‘lish
Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish bilan bog‘liq inshoot qurish uchun 9x9x2,5 metr o‘lchamdagi 180 metr kub yer kavlangan.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida kavlangan chuqurdan o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht va qabriston qoldiqlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik fuqaro A.V.Pavlenko Samarqand shahridagi Shohi-Zinda ko‘chasidagi Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida yer qazish ishlari olib borilgani haqida xabar qilgan. 16-may kuni bu murojaat yuzasidan Madaniy meros agentligi viloyat madaniy meros boshqarmasi va arxeologiya instituti xodimlari o‘rganish olib borishgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish bilan bog‘liq inshoot qurish uchun 9x9x2,5 metr o‘lchamdagi 180 metr kub yer kavlangan. Kavlangan chuqur o‘rganilganda o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht bo‘laklari va chuqurning yuqori qismida qabriston qoldiqlari aniqlangan.
“Qazish va qurilish ishlarini olib borgan tashkilot bo‘yicha aniqlik kiritgan holda, ushbu tashkilotga nisbatan choralar ko‘riladi”, - deyiladi xabarda.
© Foto: Madaniy meros agentligi
Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida o‘rta asrlarga oid buyum qoldiqlari topildi - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Foto: Madaniy meros agentligi
Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida o‘rta asrlarga oid buyum qoldiqlari topildi - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Foto: Madaniy meros agentligi
Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida o‘rta asrlarga oid buyum qoldiqlari topildi - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Foto: Madaniy meros agentligi
Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida o‘rta asrlarga oid buyum qoldiqlari topildi - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Ma’lumot uchun, Afrosiyob arxeologik obyekti YuNESKO tomonidan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0