O‘zbekiston va Rossiya tog‘li kurortlari hamkorlik borasida kelishib olishdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie gornolijnogo kurorta Amirsoy v Tashkentskoy oblasti
Otkritie gornolijnogo kurorta Amirsoy v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
“Amirsoy” va “Roza Xutor” dam olish maskanlari qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi, o‘zaro tajriba almashadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” va Sochining “Roza Xutor” kurortlari o‘rtasida turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Roza Xutor” tog‘-chang‘i kurorti xabar berdi.
“Memorandum shartlariga muvofiq, O‘zbekiston va Rossiyaning tog‘ kurortlari ma’muriyati turizm, madaniy-sog‘lomlashtirish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha mavjud mexanizmlardan foydalanadi”, - deyiladi xabarda.
“Qo‘shma chegirma dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston va Rossiya kurortlarini ommalashtirishga xizmat qiladi”, - deydi “Amirsoy” MChJ QK bosh direktori Saidvali Saidxo‘jayev.
Unga ko‘ra, dam olish maskanlaridan birida haftalik “Ski-pass”ni (yo‘llanma) xarid qilgan sayyohlar hamkor kurortda haftalik bepul yo‘llanmani olish huquqiga ega bo‘ladi.
“Imzolangan memorandum hamkorligimizni boshlab berdi va endi biz O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik bozorlarida yangi yo‘nalishlarni ochamiz”, deydi “Roza Xutor”ning xalqaro aloqalar va turizm bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Sergey Xvorostaniy.
Samarqand va Chelyabinsk sayyohlik kompaniyalari hamkorlikni yanada rivojlantirishadi
Ma’lumot uchun, “Roza Xutor” tog‘ kurorti 2014-yili Sochida bo‘lib o‘tgan XXII Olimpiya va XI Qishki Paralimpiya o‘yinlarining asosiy maskani bo‘lgan.
Qish mavsumida kurort sayyohlarga umumiy uzunligi 105 kilometr bo‘lgan chang‘i yon bag‘irlarini, 32 ta ko‘targich, yozda esa tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab piyoda va velosport yo‘nalishlarini taklif etadi.
Hammasi bo‘lib, kurortda turli yulduz reytingidagi 19 ta mehmonxona mavjud.
2019 yil dekabrda Toshkentdan 70 kilometr uzoqlikdagi Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti foydalanishga topshirilgandi. Uning birinchi bosqichdagi qurilishiga 100 mln dollar sarmoya kiritilgan.
Loyiha “PGI management” kompaniyasi (Andorra) tomonidan amalga oshirilgan. Hammasi bo‘lib, kurortda turli qiyinchilikdagi 10 qiyalik bor. Ularning eng uzuni taxminan 3,5 kilometrni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0