Rossiya

Putinning Davlat kengashidagi nutqidan asosiy bayonotlar - video

© Sputnik / Sergey IlinPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarb mutaxassislari bashorat qilgan Rossiya iqtisodining "qulashi" sodir boʻlmadi, ishsizlik va inflyatsiya kutilganidan ancha past darajada qolmoqda.
TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi prezidumida nutq soʻzladi.
Prezident nutqidan asosiy bayonotlar quyidagilar:
Donbassni himoya qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiyaning barcha ishtirokchilari qahramonlar va ularga qahramondek munosabatda boʻlish kerak.
️Hukumat zudlik bilan harbiy tibbiyotga boʻlgan ehtiyojni qondirishi, harbiy xizmatchilar va qurbonlar oilalarini qoʻllab-quvvatlashi kerak.
️Dollar qisqarmoqda, rubl mustahkamlanmoqda.
️Rossiya iqtisodiyotining dinamikasi baʼzi ekspertlar bashorat qilganidan yaxshiroq, ishsizlik oʻsmayapti. Inflyatsiya sekinlashdi. Yil oxirida u 15% ni tashkil qiladi.
️1 iyundan boshlab ishlamaydigan pensionerlarning nafaqalari 10 foizga indeksatsiya qilinadi, eng kam ish haqi va yashash qiymati oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti fevral oyining oxirida Donbass respublikalarini tan olishi toʻgʻrisida va ularni himoya qilish uchun Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiya boshlashini eʼlon qilgan edi. Shundan soʻng AQSH boshchiligida Gʻarb davlatlari Rossiyaga nisbatan misli koʻrilmagan iqtisodiy sanktsiyalar joriy etdi. Rossiya Markaziy Bankining Gʻarbdagi valyuta zahiralari muzlatib qoʻyildi, yirik Rossiya banklariga xalqaro operatsiyalar oʻtkazish taʼqiqlandi. Gʻarb mutaxassislari xulosasiga koʻra, bularning barchasi rublga nisbatan kuchli bosim oʻtkazishi va Rossiya iqtisodining "qulashiga" olib kelishi kerak edi. Lekin bu safar bu amalga oshmadi.
Kreml ushbu bu choralarni misli koʻrilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, doʻstona boʻlmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish eʼlon qilindi.
Gaz uchun toʻlov - rublda

Eslatib oʻtamiz, Rossiya 1 apreldan boshlab nodoʻst mamlakatlardan gaz uchun toʻlovni faqat rublda qabul qilishini eʼlon qildi. "Gazprombank" valyuta va rublda maxsus hisob raqamlarini ochadi. Xaridor toʻlovni shartnomada koʻrsatilgan valyutadagi birinchi hisob raqamiga kerakli miqdorni oʻtkazadi, bank uni Moskva birjasida sotadi va ikkinchi hisob raqamiga rublni kiritadi. Undan esa "Gazprom"ga etkazib berilgan xom ashyo uchun toʻlovlar amalga oshiriladi.

Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan soʻng AQSH boshchiligida Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi misli koʻrilmagan sanktsiyalar kiritgan edi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0