Rossiya tashqi qarzini rublda to‘laydi - Volodin

© Press-slujba Gosdumi RF / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar va ularning qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi yo‘ldoshlar rublga ko‘niksin - Vacheslav Volodin.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. AQSh Rossiya Federatsiyasining tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish uchun dollarda to‘lovlarni sun’iy ravishda taqiqlash orqali Rossiya uchun muammo yaratmoqchi, ammo Rossiya rublda to‘lovlarni amalga oshiradi, mamlakatda keraklicha mablag‘lar bor. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Birinchidan, bizda to‘lovlar uchun barcha zarur mablag‘lar mavjud. Ikkinchidan, biz rublda to‘laymiz. Bu AQShning tanlovi. Ularning o‘zlari dollarda to‘lovlarni taqiqlab qo‘ygan. Bugun rubl sezilarli darajada mustahkamlandi va bizda bozordagi vaziyat yaxshi”, - deb yozdi Volodin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qarori AQSh Rossiyaning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish litsenziyasini uzaytirmaslik orqali mamlakat oldiga qo‘ymoqchi bo‘lgan muammolarga javoban qabul qilingan.
“Bizda rublda o‘zaro hisob-kitoblar tajribasi bor. Gaz shartnomalari buni ko‘rsatdi. Qo‘shma Shtatlar va ularning qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi yo‘ldoshlar rublga ko‘niksin”, - deya ta’kidladi Volodin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-aprel kuni Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tkazishni tayyorlashga oid topshiriq bergan edi. O‘shanda u ishonchsiz valyutalardan voz kechish bu Rossiya iqtisodiy xavfsizligi nuqtayi nazaridan strategik vazifa ekanini ta’kidlagan edi.
Gaz uchun to‘lov - rublda

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 1-apreldan boshlab nodo‘st mamlakatlardan gaz uchun to‘lovni faqat rublda qabul qilishini e’lon qildi. "Gazprombank" valyuta va rublda maxsus hisob raqamlarini ochadi. Xaridor to‘lovni shartnomada ko‘rsatilgan valyutadagi birinchi hisob raqamiga kerakli miqdorni o‘tkazadi, bank uni Moskva birjasida sotadi va ikkinchi hisob raqamiga rublni kiritadi. Undan esa "Gazprom"ga etkazib berilgan xom ashyo uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.

Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritgan edi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0