https://sputniknews-uz.com/20220525/sirdaryo-rossiyadagi-etakchi-un-ishlab-chiqaruvchi-korxona-bilan-hamkorlikni-yolga-qoymoqchi-24789192.html
Sirdaryo Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Sirdaryo Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Tashrif davomida Oltoy oʻlkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati oʻrganildi. 25.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-25T11:57+0500
2022-05-25T11:57+0500
2022-05-25T11:57+0500
iqtisod
sirdaryo viloyati
rossiya
oltoy oʻlkasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/19/24788953_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_66721da65797a462d8f5084f74add937.png
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev rahbarligidagi delegatsiya Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi faoliyatini oʻrgandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.Tashrif davomida Oltoy oʻlkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati koʻrib chiqildi.Viloyat vakillariga korxonaning eksport salohiyatini kengaytirish, maxsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishda foydalanilayotgan samarali mexanizmlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.Korxona direktori A.Starovoytova oʻz soʻzida korxona qanday qilib Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchilardan biriga aylangani haqida gapirib oʻtdi.Taʼkidlanishicha, bunday natijaga zamonaviy texnologiyalar, yuqori sifat, mahsulotlarning keng assortimenti, eng yaxshi narxlar va jamoaning professionalligi sabab boʻlgan.Uchrashuvda kelgusida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalasi ham muhokama etildi.Sirdaryo va Novosibirsk hamkorlikni kengaytiradiMaʼlumot uchun, mazkur majmua 1932 yilda tashkil etilgan. Korxona donni qayta ishlashdan to mahsulot ishlab chiqarish va qadoqlashgacha boʻlgan toʻliq texnologik tsiklga ega.Bu yerda kun davomida “Aleyka” brendi ostida 750 tonna un, 1000 tonna yem, 40 tonna yegʻ, 48 tonna makaron maxsulotlari, 45 tonna yorma mahsulotlar (grechka, perlovka, suli yormasi), 130 tonna vitamin, minerallar va boshqa ozuqaviy qoʻshimchalar, shuningdek, yiliga 12 million dona qop ishlab chiqariladi.
sirdaryo viloyati
rossiya
oltoy oʻlkasi
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/19/24788953_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_224a3f1b6d8a1987962e802ecaa65902.pngSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sirdaryo viloyati, rossiya, oltoy oʻlkasi
Sirdaryo Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Tashrif davomida Oltoy oʻlkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati oʻrganildi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev rahbarligidagi delegatsiya Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi faoliyatini oʻrgandi. Bu haqda viloyat hokimligi
xabar berdi. Tashrif davomida Oltoy oʻlkasidagi “Aleyskzernoprodukt” yirik agrosanoat majmuasi faoliyati koʻrib chiqildi.
Viloyat vakillariga korxonaning eksport salohiyatini kengaytirish, maxsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishda foydalanilayotgan samarali mexanizmlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Korxona direktori A.Starovoytova oʻz soʻzida korxona qanday qilib Rossiyadagi yetakchi un ishlab chiqaruvchilardan biriga aylangani haqida gapirib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, bunday natijaga zamonaviy texnologiyalar, yuqori sifat, mahsulotlarning keng assortimenti, eng yaxshi narxlar va jamoaning professionalligi sabab boʻlgan.
Uchrashuvda kelgusida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalasi ham muhokama etildi.
Maʼlumot uchun, mazkur majmua 1932 yilda tashkil etilgan. Korxona donni qayta ishlashdan to mahsulot ishlab chiqarish va qadoqlashgacha boʻlgan toʻliq texnologik tsiklga ega.
Bu yerda kun davomida “Aleyka” brendi ostida 750 tonna un, 1000 tonna yem, 40 tonna yegʻ, 48 tonna makaron maxsulotlari, 45 tonna yorma mahsulotlar (grechka, perlovka, suli yormasi), 130 tonna vitamin, minerallar va boshqa ozuqaviy qoʻshimchalar, shuningdek, yiliga 12 million dona qop ishlab chiqariladi.