Jamiyat

Suv taʼminoti ogʻir holatdagi 1500 tadan ziyod mahalla ichimlik suv bilan taʼminlanadi

© Depositphotos / SimplyDevushka pyet xolodnuyu vodu iz pityevogo fontanchika
Devushka pyet xolodnuyu vodu iz pityevogo fontanchika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Buning uchun mahalliy byudjetlardan jami 444,6 mlrd soʻm, shu jumladan joriy yilda 106,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. 2022–2025 yillarda respublikadagi ichimlik suv taʼminoti ogʻir holatdagi 1 545 mahalla (shundan 2022 yilda 140 ta) ichimlik suv bilan taʼminlanadi. Bu prezident 25 may kuni imzolagan qarorda koʻzda tutilgan.
Buning uchun mahalliy byudjetlardan jami 444,6 mlrd soʻm, shu jumladan joriy yilda 106,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
1 691 ta maktab, 885 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 377 ta tibbiyot muassasalari ichimlik suv bilan taʼminlanadi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda jami 50 mlrd soʻm, 2023 yildan har yili respublika va mahalliy byudjetlardan teng ulushlarda 50 mlrd soʻmdan, jami 100 mlrd soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.
2022–2024 yillarda respublika boʻyicha 2660 ta mahallada ichimlik suv tarmoqlari uy xoʻjaligigacha yetkaziladi. Buning uchun “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan 180 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
Shuningdek, qarorga koʻra avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv obʼyektlari (17 ta) toʻliq foydalanishga topshiriladi.
2023 yil 1 yanvardan:
- aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va hududiy suv taʼminoti korxonalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
- respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qoʻshimcha vositalarini olib kirish hamda oʻrnatish taqiqlanadi;
- ichimlik suv taʼminoti obʼyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (oʻlchov uskunalari oʻrnatilib, ichimlik suv uy xoʻjaligigacha yetkazilgan taqdirda) aholining ixtiyoriga koʻra davlat xizmatlari markazlari orqali yoki “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga va oʻlchov uskunalarini tamgʻalashga ruxsat beriladi.
2023 yil 1 yanvardan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi isteʼmolchilar tomonidan hududiy suv taʼminoti korxonalariga masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatilishi talab etiladi.
2024 yil 1 yanvardan masofadan maʼlumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni oʻrnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi isteʼmolchilarga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.
Qarorga koʻra, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ qoshida Sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish hamda oʻrnatish boʻyicha metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallaritashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0