Termiz shahri O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaMujskaya sbornaya Uzbekistana po dzudo provodit ocherednie uchebno-trenirovochnie sbori v Surxandarinskoy oblasti.
Mujskaya sbornaya Uzbekistana po dzudo provodit ocherednie uchebno-trenirovochnie sbori v Surxandarinskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
26-28 may kunlari Termiz shahrida dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. 26-28 may kunlari Surxondaryo viloyati markazi – Termiz shahrida dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.
“Surxon Arena” sport saroyi mezbonlik qiluvchi ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan dzudochilar g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqadi.
O‘zbekiston dzudo federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, uch kun davom etadigan mamlakat kubogida ayni paytdagi o‘z vazn toifalarining birinchi raqamli dzudochilari ishtirok etmaydi. Chunki ular hozirda Samarqand va Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida Gruziya hamda Xorvatiyadagi xalqaro turnirlarga tayyorgarlik ko‘rapti.
Bugun O‘zbekiston kubogida dzudochilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, beshta vazn toifasi uchun vazn o‘lchash hamda qur’a tashlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.
Ertaga musobaqaning birinchi kuni erkaklar o‘rtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0